1-Amaliy mashg`ulot: Turli modellar tuzishga doir misollar



Yüklə 218,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü218,6 Kb.
#163319
  1   2   3
1-amaliy



1-Amaliy mashg`ulot: Turli modellar tuzishga doir misollar. 
Ishning maqsadi: Talabalarga Turli modellar tuzishga doir misollar yechish asosiy 
tushunchalarini o`rgatish 
 
1.Model va modellashtirish. Model turlari. 
Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar 
tizimining obrazi yoki namunasidir. 
Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - planetariy 
ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin. 
Modellashtirish
- bilish ob`ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning 
modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini 
yasash va o`rganishdir.
Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular 
abstrakt, fizik
va 
biologik 
guruhlar. 
Abstrakt modellar qatoriga. matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi 
modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va 
qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi. 
1. Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 
1. 
Fizik model
. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl 
nusxadagidek, ammo undan miqdor (o`lchami, tezligi, ko`lami) jixatidan farq 
qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va 
boshqalarning modellari fizik modelga misol bo`ladi. 
2.
Matematik modellar
tirik organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi, 
vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat 
bo`lib, tajriba ma`lumotlariga ko`ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so`ngra tajriba 
yo`li bilan tekshirib ko`riladi. 
Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o`rganish 
tekshirilayotgan biologik jarayonning o`zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini 
beradi. Shuni ta`kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo`li bilan tashkil qilish 
va o`tkazish ba`zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy 
modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda 
nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug`diradi. 
3. 
Biologik model
turli tirik ob`ektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra, 
organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksia va jarayonlarni modellashda 
qo`llaniladi. Biologiyada, asosan, uch xil modeldan foydalaniladi. Ular biologik
fizik va matematik modellardir. 
Biologik model - odam va hayvonlarda uchraydigan ma`lum bir holat yoki 
kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko`rish imkonini beradi. Bunda shu 
holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba 
asosida o`rganiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta`sir qilish, 
mikroblar yuqtirish, ba`zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo`lgan 
garmonlarni kiritish va bosha usullar qo`llaniladi. Bunday modellarda genetika, 
fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi. 


4. 
Fizik-kimyoviy
modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik 
yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir. 
5. 
Iqtisodiy modellar
taxminan XVIII asrdan qo`llanila boshlandi. 
F.Kene
ning "Iqtisodiy jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab 
chiqdrish jarayonining shakllanishini ko`rsatishga harakat qilingan. 
Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo`nalishlarini o`rganish uchun har xil 
modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq 
xo`jaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko`rsatkichlar, jumladan, 
milliy daromad, ish bilan bandlik, iste`mol, jamg`armalar, investitsiya 
ko`rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish 
uchun katta iqtisodiy modellar qo`llaniladi. Aniq xo`jalik vaziyatlarini tekshirishda 
kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, 
matematik modellardan foydalaniladi.
1

Yüklə 218,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin