Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Big Data
) – inson idrok qiladigan natijalar olish 
maqsadida strukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan 
olingan) ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan usullar, vositalar va 
yondashuvlar yig‘indisidir. Katta ma’lumotlarkatta hajm bilan, xizma-xillik va 
yangilanish tezligi bilan tariflanadi, bu esa axborot bilan ishlash standart usullari 
va vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qo‘yadi. Shunday qilib, katta 
ma’lumotlar texnologiyasi bu –katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish 
vositasidir.Katta ma’lumotlar boshlang‘ich ma’lumotlar katta tanlamasi mavjud 
bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi. Ularning asosida makrodarajadagi hodisalarni 
tahlil va bashorat qilish, ijtimoiy xulq-atvor modellarini o‘rganish, shuningdek
ilmiy tajribalar statistika ma’lumotalri asosida trendlarni aniqlash mumkin.Tijorat 
loyihalari uchun ham, davlat loyihalari uchun ham katta ma’lumotlar sohasidagi 
asosiy muammo - ma’lumotlarni yakuniy qo‘llash bo‘yicha vazifalarni 
boshlang‘ich ma’lumotlar asosida amalga oshirish hisoblanadi.Tahlil algoritmidagi 
eng so‘nggi zamonaviy trendlarni biladigan va kelgusi hisob-kitoblar tezligini 
baholay oladiganlar emas, balki ushbu texnologiyalarni qo‘llash asosida uzoq 
muddatli va asoslangan moliyaviy modellar yarata oladiganlar bugungi kunda katta 
ma’lumotlar sohasidagi ekspertlar hisoblanadi.Hozirgi kunga kelib,katta 
ma’lumotlarni qayta ishlashga imkon beradigan ko‘p sonli usullar va kompleks 
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalar mavjud, masalan, 
IBM, 
Oracle, Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Software Foundation 
(HADOOP)
va boshqalar. Katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan 
axborot manbalari bo‘lib, quyidagilar hizmat qilishi mumkin: 
Internetda fodylanuvchilar xulq-atvori loglari; 
avtomobillardantransport kompaniyaiga keladigan 
GPS
-signallar; 
bankning barcha mijozlaritranzaksiyalari haqidagi axborotlar; 
yirik chakana tarmoqdagi barcha xaridlari haqidagi axborotlar; 
ko‘p sonli shahar 
IP
-videokameralaridan olingan axborotlar; 
sanoat interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab chiqarish 
datchiklaridan kelgan axborotlar va boshqalar. 


32 
Endi elektron tijorat va elektron biznesda keng miqyosda ishlatiladigan va 
hozirgi zamonda borgan sari ommabop bo’lib borayotgan virtual valyutalar haqida 
mulohaza qilib ko’ramiz. 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin