49
ushbu aniqlanuvida bir qancha kamchiliklar bo’lib, ularni to’g’ri hal qilish uchun,
shu jumladan, kraudsorsing mehnizmini real biznesga tadbiq qilish imkoniyatiga
ega bo’lish uchun kraudsorsingning quyidagi keng ma’nodagi al’ternativ
aniqlanuvi ham taklif etiladi:
Kraudsorsing platformasi vositasida mahsulot yoki
hizmatga qo’shimcha talab yaratish yoki muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal
qilish hamda loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yohud
yangi mahsulot yaratish asosida insonlarni jalb qilish keng ma’nodagi
kraudsorsing deb ataladi
. Chegaralangan ma’noda esa kraudsorsingni sinergetik
effektga olib keluvchi kollektiv bilim va hatti-harakatlarni masofaviy usulda
dunyoning turli nuqtalaridan turib, internet orqali 24/7/364 rejimida ishlatihsga
asoslangan yangi interfaol ishlab chiqarish mexanizmi sifatida ham tushunish
mumkin. Biz tadqiqotimizni huddi shu aniqlanuv asosida amalga oshiramiz. Bunda
milliy, irqiy, bilim darajasi, professional mahorat kabilar bo’yicha insonlar bir-
biridan farq qilinmaydilar. Ko’pchilik insonlarni bunday usulda qandaydir ishlarni
bajarishga jalb qilish faqatgina internet texnologiyalar asosidagina amalga
oshirilishi mumkin, albatta. Sinergetik samaraga esa kraud-loyihalarga jalb
qilingan insonlarning turli-tumanligi asosida erishiladi.
Dostları ilə paylaş: