237
4) mashq qilish;
5) guruh muhokamasi;
6) o'rganilayotgan jarayonlarga taqlid qiluvchi didaktik va
ishbilarmon o'yinlar.
Laboratoriya ishlari psixologik eksperimentlar
modeli sifatida
quyidagilar uchun amalga oshirilishi mumkin:
1) talabalarga ma'lum psixologik qonuniyatlarni namoyish etish;
2) psixologik eksperiment metodikasini o'zlashtirish.
Psixologiyani o‘qitishda amaliy metodlar
Psixologik testlar
psixodiagnostik qobiliyatlarni
rivojlantirish
yoki o'z-o'zini anglash uchun amalga oshirilishi mumkin.
Shu bilan birga, psixologiyani o'qitishning
maqsadlariga qarab
testlarni sinchkovlik bilan tanlash va ulardan to'g'ri foydalanish muhim
ahamiyatga ega. Psixologiyaning amaliy mashg'ulotlarida foydalanish
imkoniyatlariga qarab testlarning bir nechta turlarini ajratish mumkin.
1. Murakkab professional testlar (masalan, MMPI intellekt
testlari,
Veksler intellekt shkalasi). Mazkur testlarni o'tkazish
jiddiy
psixologik kompetentlikni talab etadi.
2. Nisbatan oddiy umumpsixologik testlar (masalan,
komunnikativlik va tashkilotchilik qobiliyatlarni aniqlovchi testlar).
Ularni amalga oshirish uchun unchalik jiddiy bo'lmagan psixologik
tayyorgarlik talab etiladi.
238
3. Kasbiy faoliyatning muayyan sohalari uchun mo'ljallangan
psixologik testlar (masalan," Boshqarish uslubi so'rovnomasi","Oilaviy
tarbiya uslubi testi").
4. Ko'ngilochar testlar (masalan, "Boshqalar
sizni yaxshi
ko'rishadimi?"). Mazkur testlarni o‘tkazish juda sodda bo‘lib, jiddiy
ilmiy asoslarga ega emaslar.
Dostları ilə paylaş: