236
parametrlar o'rtasidagi bog'liqlik to'g'risida tizimlashtirilgan bilimlarni
namoyish etadi.
Matnli tasvir
- ma'ruzaning eng muhim qismlarini, olimlarning
ismlarini, sanalarni, terminlar va eshitilishi qiyin bo‘lgan tushunchalarni
sinf taxtasiga yozish yoki boshqa vositalar yordamida namoyish etish.
Axborotni parallel ovozli va ko‘rgazmali tarzda taqdim etish
muvaffaqiyatli va xatosiz idrok etilishga yordam beradi. Talabalar o'zlari
ko'rgan narsalar haqida xulosa chiqarishga moyildirlar. Tajribali
o'qituvchilar biladiki, o'qituvchi doskaga qancha ko'p yozsa, talabalar
daftarida shuncha ko'p ma'lumot qoladi.
Og'zaki namoyish
- tasvirlarni nutq shaklida ifoda etish. U biron
bir sababga ko'ra predmetli yoki tasviriy ko‘rsatish imkoni bo'lmagan
hollarda
qo'llaniladi.
Bunday
hollarda
o'qituvchi
psixologik
eksperiment holatini aniq tasvirlab beradi, muayyan psixologik
hodisalar va voqialarni tavsiflovchi badiiy asarlardan misollar keltiradi.
Ko'rgazmali metodninig samaradorligini oshiruvchi talablar:
1) namoyish etiladigan ko‘rgazma materialning mazmuniga mos
bo‘lishi;
2) obyekt barcha talabalarga aniq ko'rinishi;
3) illyustratsiya, diagramma va jadvallarni namoyish qilishda
asosiy jihatni aniq belgilash;
4) namoyish davomida berilgan tushuntirishlarni batafsil ko'rib
chiqish.
Dostları ilə paylaş: