242
Keng qamrovlilik – ko‘p sonli talabalarning bir vaqtning o‘zida
katta o‘quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar
va bilimlar bazasi va
boshqalar) zahiralariga murojaat qila olish imkoniyati. Bu ko‘p sonli
talabalarning kommunikatsiya vositalari yordamida o‘zaro va
o‘qituvchi bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatining mavjudligidir.
Iqtisodiy tejamkorlik – o‘quv maydonlari,
texnika vositalari,
transport vositalari va o‘quv materiallaridan samarali foydalanish,
o‘quv materiallarini bir joyga yig‘ish, ularni tartiblangan ko‘rinishga
keltirish hamda ulardan ko‘p sonli foydalanuvchilarni tashkil qilish
imkoniyati.
Ijtimoiy teng huquqlilik – ta’lim
oluvchining yashash joyi,
sog‘lig‘i va moddiy ta’minoti darajasidan qat’iy nazar hamma qatori
teng huquqli ta’lim olish imkoniyati.
Internatsionallilik
– ta’lim sohasida erishilgan jahon
standartlariga javob beradigan yutuqlarni
import va eksport qilish
imkoniyati.
Dostları ilə paylaş: