Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar
hamda topshiriqlar:
1.
Psixologiyani o‘qitishda ko‘rgazmali metodlar qaysi guruhlarga
ajartiladi?
2.
Ko'rgazmali metodninig samaradorligini oshiruvchi talablarni aytib
bering.
3.
Psixologik
fanlarini
o'qitishda
qaysi
amaliy
metodlardan
foydalanadilar?
4.
Psixologik testlar haqida ma’lumot bering.
5.
O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlarini
tasniflang.
6.
Muammoli bayon qilish metodini tushuntiring.
7.
Masofaviy ta’lim nima?
8.
O‘zlashtirilgan ma’lumotlarni mustahkamlash metodlari mazmunini
tavsiflang.
244
16-MAVZU. O‘QITISHNING TA’LIMIY METODLARI
Tayanch so‘zlar:
interfaol usullar, interfaol
o‘qitish, faol metodlar, dasturlashtirilgan ta’lim,
interaktiv ta’lim, dasturlash-tirilgan ta’lim, muammoli
ta’lim, muammo, muammoli ta’lim, muammoli vaziyat
16.1. O‘qitishning interfaol usullariga tavsif
O‘qitish jarayonida e’tiborni, birinchi navbatda, tinglovchilar
o‘zlarini o‘quv materiali bilan birday xis etishlariga, o‘rganilayotgan
vaziyatga kirishadigan, faol harakatlarga undaydigan, muvaffaqiyat-
larga intilishga chorlaydigan metodlarni qo‘llashga qaratmoq lozim.
O‘qitishning interfaol metodlari aksariyat hollarda bu talablarning
barchasiga javob beradi.
O‘qitishning interfaol metodlariga tayangan o‘quv jarayoni,
o‘quv guruhning barcha tinglovchilarini bilish jarayoniga jalb qilishni
inobatga olgan holda tashkil etiladi. Birgalikdagi faoliyat deganda, har
bir kishi o‘zining alohida, o‘ziga xos hissasini qo‘shishi tushuniladi, ish
jarayonida bilim, fikr, faoliyat usullari bilan o‘zaro almashuv amalga
oshiriladi. Individual, juftlik va guruh bilan, hujjatlar va boshqa axborot
manbalari bilan ishlash tashkil etiladi. Interfaol metodlar o‘zaro
aloqadorlik, tinglovchilarning faolligi, guruh tajribasiga tayanish,
qaytma aloqa prinsiplariga asoslanadilar . O‘zining ochiqligi,
qatnashchilarning o‘zaro aloqa-dorligi, ular keltirgan dallilarning
tengligi, bilimlarni birgalashib to‘planganligi, o‘zaro baholash va
nazorat qilish imkoniyatlari bilan tavsiflanadigan ta’lim muloqoti
muhiti yaratiladi.
O‘qituvchi yangi bilimlar berish bilan birgalikda tinglovchilarni
mustaqil
izlanishlarga
chorlaydi.
O‘qituvchining
faolligi
tinglovchilarning faolligiga yon beradi, tinglovchilarning tashab-
buskorligi uchun sharoit yaratish o‘qituvchining vazifasi hisobla-nadi.
O‘qituvchi o‘quv axborotini o‘zidan o‘tkazuvchi o‘ziga xos filtr rolidan
voz kechib, ma’lum bir axborot manbai bilan ishlashda yordamchi
vazifasini bajaradi.
Shu o‘rinda har bir o‘qituvchi tinglovchilarning o‘quv materialini
eslab qolish, tahlil qilish, amalda qo‘llash yoki bajarish qobiliyatlarini
shakllantirishda quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:
245
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va tinglovchilar o‘zaro
munosabatining umumiy uchta shakli mavjud bo‘lib, keng qo‘llanilib
kelinmoqda. Ular quyidagilardir
1
:
1)
sust metodlar;
2)
faol metodlar;
3)
interfaol metodlar.
Bularning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega.
Sust (passiv) metod– bu o‘qituvchi va tinglovchi o‘zaro
munosabatining shunday shakliki, unda o‘qituvchi harakatdagi asosiy
shaxs bo‘lib, darsning borishini boshqaradi, tinglovchi esa
o‘qituvchining
ko‘rsatmalariga
bo‘ysunuvchi
darsning
sust
qatnashchisi rolida ishtirok etadi. Sust shakldagi darslarda o‘qituvchi
va tinglovchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqa so‘rovlar, mustaqil nazorat
ishlari,
testlar
va
boshqalar
vositasida
amalga
oshiriladi.
Tinglovchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligi va
zamonaviy pedagogik texnologiyalar nuqtai nazaridan sust metod kam
samarali hisoblanadi, biroq shunga qaramay ushbu metodning ham bir
qator afzal tomonlari mavjud. Bu o‘qituvchining mashg‘ulotga nisbatan
osonroq tayyorgarlik ko‘rishi va tinglovchilarga mashg‘ulotning
chegaralangan vaqti doirasida nisbatan ko‘proq o‘quv materialini
yetkazish imkoniyatining mavjudligidir.
Faol (aktiv) metod– bu o‘qituvchi va tinglovchi o‘zaro
munosabatining shunday shakliki, unda tinglovchi va o‘qituvchi
mashg‘ulot jarayonida birgalikda harakat qiladi va tinglovchi bu yerda
sust qatnashchi emas, balki faol ishtirokchidir. Agar sust metod
birgalikda harakat qilishning avtoritar uslubini taqozo qilsa, faol metod
demokratik uslubni taqozo qiladi.
Ko‘pchilik faol va interfaol metodlarni teng deb hisoblashadi,
biroq ularning o‘zaro o‘xshash jihatlari borligiga qaramay ular bir
biridan farq qiladi. Interfaol metodni faol metodlarning zamonaviy
shakli sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Interfaol metod. Interfaol («Inter» – o‘zaro, «act»– harakat
qilmoq) – birgalikda harakat qilmoq. Faol metodga qaraganda interfaol
metod tinglovchilarning nafaqat o‘qituvchi, balki o‘zaro faol
faoliyatiga va tinglovchilarning mashg‘ulot jarayonida faolligini
1
Расулев А. А., Хайдаров М. М. Ўқитишнинг интерфаол методлари: Ўқувуслубий қўлланма. – Т.:
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015.– 47 б.
246
oshirishga
yo‘naltirilgan
bo‘ladi.
Interfaol
mashg‘ulotlarda
o‘qituvchining o‘rni tinglovchilar faoliyatini mashg‘ulot maqsadiga
erishish uchun yo‘naltirishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘qitishning interfaol shakllarining vazifalari quyidagilar:
— tinglovchilarda qiziqish uyg‘otish;
— o‘quv materialini samarali o‘zlashtirish;
— tinglovchilar qo‘yilgan o‘quv vazifalarini yechish uchun yo‘nalish
va variantlarini mustaqil izlashlari (berilgan variantlardan birini tanlash
yoki shaxsiy variantini ishlab chiqish va qarorini asoslantirish);
— tinglovchilar orasida o‘zaro ta’sirni o‘rnatish, guruh bo‘lib
ishlashga, har qanday nuqtai nazarga sabrli bo‘lishga, boshqalarning
fikrini hurmat qilishga o‘rgatish;
— tinglovchilar dunyoqarashini kengaytirish va fikrlash qobiliyatini
shakllantirish;
— hayotiy va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Interfaol shakllardan foydalanishda o‘qituvchining roli keskin
o‘zgarib, u faqatgina jarayonni boshqaradi va uni tashkillashtirish bilan
shug‘ullanadi, oldindan kerakli topshiriqlar tayyorlaydi va guruhda
muhokama qilish uchun savol va mavzularni shakllantiradi, maslahatlar
beradi, vaqtni va mo‘ljallangan rejaning bajarilish tartibini nazorat
qiladi. Tinglovchilar – o‘zlarining va boshqa insonlarning tajribalariga
murojaat qiladilar, shu bilan birga ular birbiri bilan fikr almashinishga
kirishadilar, qo‘yilgan vazifalarni birgalashib yechadilar, nizolarni
yengadilar, ularni o‘zaro bog‘laydigan umumiy nuqtalarni izlaydilar,
murosaga keladilar.
O‘qitishning
interfaol
shakllari
asosida
o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘qituvchining oldida
nafaqat aniq mavzu bo‘yicha o‘qitishning eng qulay va samarali
shaklini izlash masalasini turishiga, balki tinglovchilarning yaxshiroq
o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadigan o‘qitishning bir nechta
metodlarini
mujassamlashtirish
imkoniyatlarining
mavjudligiga
alohida etibor qaratmoq lozim. Qo‘yilgan vazifalarni bajarish borasida
o‘qitishning turli xil interfaol shakllarini ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiq deb o‘ylaymiz.
Interfaol mashg‘ulotlarda ishlash prinsiplari:
— mashg‘ulot – ma’ruza emas, balki umumiy ish;
— barcha ishtirokchilar yoshi, tajribasi, ish joyidan qat’iy nazar teng;
247
— har bir ishtirokchi har qanday savol bo‘yicha shaxsiy fikrga ega
bo‘lish huquqiga ega;
— shaxs tanqid qilinishga yo‘l qo‘yilmaydi (faqatgina g‘oya tanqid
qilinishi mumkin);
— mashg‘ulotda aytilgan fikrlar – faoliyat uchun asos emas, balki
fikrlash uchun ma’lumot.
Interfaol mashg‘ulotni o‘tkazish algoritmi:
1.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish.
O‘qituvchi mavzuni, vaziyatni, definitsiyalarni (ta’rif) tanlaydi
(barcha ibora, tushunchalar va h.k.lar tinglovchilarning barchasi uchun
tushunarli bo‘lishi lozim), mazkur guruhda va mazkur mavzu bo‘yicha
samarali ishlash uchun interfaol mashg‘ulotning aniq shaklini tanlaydi.
Interfaol mashg‘ulotlarni o‘tkazishda quyidagi holatlarga alohida
e’tibor qaratishni tavsiya qilamiz:
1)
mashg‘ulot qatnashchilari, mavzu:
— qatnashchilarning yoshi, ularning qiziqishi, bo‘lg‘usi mutaxassisligi;
— mashg‘ulot o‘tkazishning vaqt chegarasi;
— ushbu guruhda ilgari mazkur mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlar
o‘tkazilganligi;
— guruhning ushbu mashg‘ulotdan manfaatdorligi;
2)
zaruriy sharoitlar ro‘yxati:
— mashg‘ulot maqsadi aniq belgilab olinishi shart;
— tarqatma materiallar tayyorlangan;
— texnik vositalar bilan ta’minlangan;
— qatnashchilar belgilangan;
— asosiy savollar va ularning ketmaketligi belgilangan;
— hayotdan amaliy misollar tanlab olingan;
3)
har bir mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rishda:
— yechilishi lozim bo‘lgan muammoni aniqlashtirib olish;
— olingan bilimni amalda qo‘llash istiqbollarini belgilash;
— mashg‘ulotning amaliy qismini belgilash (guruh mashg‘ulotda nima
bilan shug‘ullanadi);
4) tarqatma materiallar:
— mashg‘ulot dasturi;
— tarqatma materiallar tinglovchilar auditoriyasiga moslashtirilgan
bo‘lishi shart;
— material tizimlashtirilgan bo‘lishi shart;
248
— grafik, sxema va belgilardan foydalanilishi.
2.
Kirish.
Mashg‘ulot mavzusi va maqsadi haqida axborot berish:
– tinglovchilar taqdim etilgan vaziyat bilan, hal etilishi kerak bo‘lgan
muammo bilan, shuningdek ko‘zlanayotgan maqsad bilan tanishadilar;
– o‘qituvchi barcha tinglovchilarni vaqt chegarasi, guruhda ishlash
qoidalari bo‘yicha xabardor qiladi, mashg‘ulotda tinglovchilar
harakatlanishi mumkin bo‘lgan doira bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar
beradi;
– zarur hollarda tinglovchilarni birbiriga tanishtirishi lozim (agar
mashg‘ulot guruhlararo yoki fanlararo o‘tkazilayotgan bo‘lsa);
– ibora, tushunchalarni va boshqalarni yagona semantik (ma’noviy)
tushunilishiga erishish. Buning uchun savol va javoblar yordamida
o‘qitilayotgan mavzuga oid ishchi ta’riflar va tushunchalar apparatini
aniqlashtirib olish lozim. Tushunchalar apparatini aniqlashtirib olish
tinglovchilarda faqatgina tushunarli bo‘lgan iboralar bilan ishlash,
yaxshi tushunib bo‘lmaydigan so‘zlardan foydalanmaslik, muntazam
ravishda turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlardan
foydalanish odatini shakllantiradi.
Guruhda ishlashning namunaviy qoidalari:
— faol bo‘lish;
— qatnashchilarning fikrini hurmat qilish;
— xayrixoh bo‘lish;
— puxta va mas’uliyatli bo‘lish;
— fikrni bo‘lmaslik;
— hamkorlik uchun ochiq bo‘lish;
— manfaatdor bo‘lish;
— haqiqatni aniqlashga intilish;
— belgilab berilgan vaqt (reglament)ga rioya qilish;
— ijodkorlik qobiliyati (kreativlik);
— guruhda ishlash qoidalarini hurmat qilish.
3.
Asosiy qism.
Asosiy qismning o‘ziga xosligini interfaol mashg‘ulotning
tanlangan shakli belgilab beradi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
3.1. Tinglovchilarning fikrlarini aniqlash;
3.2. Auditoriyani kichik guruhlarga bo‘lish (segmentatsiya) va
guruhlararo (segmentlararo) aloqadorlikni tashkillashtirish. Bunda har
249
bir guruhning fikrlarini umumiyligi bo‘yicha maqsadli guruhlar
shakllantiriladi, turli tinglovchilar orasida muayyan masala yuzasidan
o‘xshash fikrlarni umumlashtirish amalga oshiriladi, mashg‘ulot
mavzusi doirasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha yagona
yo‘nalishlar shakllantiriladi va auditoriya tarkibidan turli fikrlarga ega
bo‘lgan guruhlar tashkil qilinadi , so‘ng guruhlararo aloqadorlik
o‘rnatiladi. Agar mashg‘ulot katta auditoriyada o‘tkazilsa, ushbu
bosqich eng samarali deb hisoblanadi: bu holatda kichik guruhlarga
bo‘linish aloqadorlikning samaradorligi va unumdorligini oshirish
vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
3.3. Interfaol yo‘nalish to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi: 1)
auditoriyaning fikrlarini aniqlash ; 2) ushbu fikrlarning umumiy
mazmunini anglab olish; 3) ularga yangicha mazmun berish; 4) yangi
mazmun asosida yangi fikrlarni shakllantirish.
4.
Xulosa (refleksiya).
Refleksiya (fikr yuritish) mashg‘ulot davomida qatnashchilarning
emotsional holati, xis etgan tuyg‘ulariga tinglovchilarning e’tibrini
qaratishdan boshlanadi. Mashg‘ulotning refleksiv tahlilining ikkinchi
bosqichi – baholovchi (tinglovchilarning mashg‘ulot davomida
foydalanilgan
metodlarning
mazmuni,
tanlangan
mavzuning
dolzarbligi va boshqalarga bo‘lgan munosabatini aniqlash) bosqich.
Refleksiya o‘qituvchining umumiy xulosalari bilan yakunlanadi.
Refleksiya o‘tkazish uchun namunaviy savollar ro‘yxati:
— sizda nima ko‘proq taasurot qoldirdi;
— mashg‘ulot jarayonida vazifani bajarishda nimalar sizga
yordam berdi, nimalar halaqit qildi;
— mashg‘ulot davomida sizni nimadir hayratga soldimi;
— qaror qabul qilish jarayonida siz nimalarga tayandingiz;
—guruh
qatnashchilarining
fikrlarini
o‘zingizning
harakatlaringizda hisobga oldingizmi;
— o‘zingizni va guruh harakatlarini qanday baholaysiz;
— agarda siz mazkur o‘yinda yana bir bor qatnashsangiz
xulqingizda nimani o‘zgartirgan bo‘lar edingiz.
Interfaol o‘qitish bir vaqtning o‘zida bir qancha vazifalarni hal
etish imkonini berib, eng muhimi, tinglovchilarning o‘zaro fikr
almashinuv qobiliyati va ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Mazkur o‘qitish
tinglovchilar orasida emotsional aloqalar o‘rnatishga yordam beradi,
250
tarbiyaviy vazifalarni ta’minlaydi, chunki jamoada ishlashga,
o‘rtoqlarning fikrlariga quloq solishga o‘rgatadi, bilimlar
mustahkamligini, ijodkorlikni, faol hayotiy pozitsiyasini, o‘zini
namoyon qilish erkinligini, o‘zaro hurmatni ta’minlaydi. Amaliyotning
ko‘rsatishicha, o‘qitish jarayonida interfaol shakllardan foydalanish
tinglovchilarning ruhiy zo‘riqishini yo‘qotadi, ularning faoliyat
shaklini o‘zgartirish imkonini beradi, diqqate’tiborini mashg‘ulot
mavzusining asosiy tayanch savollariga qaratadi.
Kafedra o‘qituvchisi o‘qitishning mazkur turini chuqur
o‘zlashtirishi zarur. Aniq fan (mavzu) bo‘yicha qo‘llaniladigan
interfaol o‘qitishning u yoki bu shakli o‘qituvchining ish rejasida,
mashg‘ulot o‘tkazishning texnologik xaritasida aniq ko‘rsatilgan holda
o‘z aksini topishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |