Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar: 1. Didaktik tizim nima? 2. An’anaviy didaktik tizimning mohiyatini izohlang. 3. Progressiv didaktik tizim haqida ma’lumot bering. 4. Zamonaviy didaktik tizimlari “o‘qitish=o‘qish” qolipiga ko‘ra tavsiflang. 5. Yu.K.Babanskiy, M.I.Maxmutov, V.V.Kraevskiylar asoslashgan didaktik tizimlarni o‘zaro taqqoslab, ularning barchasi uchun umumiy va har birining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering. 6. Pedagogikada zamonaviy yondashuvlar haqida ma’lumot bering. 7. An’anaviy yondashuv (bilim)ni ta’riflang. 8. Ratsionalistik (bixevioristik) yondashuv nima? 9. Fenomenologik (gumanistik) yondashuvni izohlang. 10. Texnokratik va ezoterik yondashuvlar haqida ma’lumot bering. 11. Didaktikaning taraqqiyot bosqichlariga keltirilgan birikmalardan foydalanib referat tayyorlang. a) o‘qitish > o‘qishdan b) o‘qish > o‘qitishdan v) o‘qitish = o‘qish