157
Shu bilan bir qatorda o‘qitish jarayoni oldindan loyihalashtirish
zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos
tomonini joy va sharoitini, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini
hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishni hisobga olishi
kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin.
Qisqa qilib aytganda o‘quvchi- talabani ta’limning markaziga olib
chiqish kerak.
Shuningdek, mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tuzimiga, ayniqsa
oliy ta’lim muassasalarida, taraqqiyotning hozirgi bosqichida,
“Tabaqalashtirilgan a’lim texnologiyasi”, “ Dasturlashtirilgan ta’lim
texnologiyasi”, “Bilish o‘yin texnologiyasi”, “Forstu texnologiyasi”,
“Masofali
o‘qitish
texnologiyasi”
“Indivudiallashtirilgan”,
“Kompuyuterni o‘qitish” kabi texnologiyalar ham keng qo‘llaniladi.
1
Shunday qilib, ko‘rib o‘tilgan zamonaviy o‘qitish texnologiyalari
o‘zida zamonaviy ta’lim shakllari majmuasi sifatida ta’lim beruvchida
va
ta’lim
oluvchilarning
hamkorlikdagi
o‘quv faoliyatlarini
tashkillashtirish, mujassamlashtirishni yo‘lga qo‘yadi va amalga
oshiradi. Shu asosida oliy ta’lim maktablarida o‘qitiladigan pedagogik
turkum fanlarni o‘qitishni jadallashtirish, mahsuldor (produktiv) qilish
asosida talaba – yoshlarda erkin va mustaqil fikrlash, bilim doirasini
kengaytirish, o‘z fikrini erkin, mazmunli bayon etish, jamoada o‘zini
tuta bilish, jamoa ishlarida faol ishtirok etish, nutqi va muomila
madaniyatini rivojlantiradi hamda takomillashtiradi zamonaviy
o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash jarayonida, ta’limning interaktiv
metodlarni tadbiq etish masala yechishni osonlashtiradi .
Dostları ilə paylaş: