№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.
XX asrning 30 -60
yillarda yaratilgan ko‘pgina psixologik, pedagogik adabiyotlarda 
rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi to‘g‘risida so‘z yuritilib, ta’lim 
bola rivojlanishining muhim 
manbai ekanligi qayd etiladi 


154 
(A.S.Vigotiskiy, A.N.Leontev, S.A.Rubinshteyn, D.B.Elkoning, 
L.Ya.Galsring, E.V. Ilvinkov, L.V.Zankov, V.V.Davidov). 
Ular g‘oyalariga ko‘ra inson va jamiyat ehtiyojlari asosida ta’lim 
shunday qurilmog‘i darkorki, u qisqa vaqtda maksimal rivojlanishni 
ta’minlasin. Shunga asosan rivojlantiruvchi ta’lim pedagogik ta’sir 
tizimida shaxs irsiy xususiyatlarining rivojlanishini tezlashtirish, 
yo‘naltirish, rag‘batlantirishning stimulidir. Masalaga shu nuqtai 
nazardan 
yondashganda 
rivojlantiruvchi 
ta’lim 
shaxsning 
qobilyatlarini, bilish kuchlarini, intellektual va ijodiy salohiyatini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyasi hisoblanadi. G‘oya 
mazmunida bolaning psixik rivojlanishi, bilim, ko‘nikma, malakaning 
samarasi yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun o‘qitish jarayonida bolaning 
psixik xususiyatlari, ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish lozim. 
Buning uchun o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarni turli faoliyatga 
jalb qilish, har xil didaktik o‘yinlar, munozara usullaridan, bolalar 
tasavvuri, tafakkuri, xotirasi, nutqini rivojlantiruvchi metodlardan 
foydalanish darkor. 
Bunda, asosan, pedagogik fanlarni o‘qitishda ta’lim oluvchilarning 
fikrlash faoliyatlarini rivojlantiruvchi-ko‘rgazmali-harakatli, amaliy, 
ko‘rgazmali-tasvirli, mavhum-nazariy o‘qitish ishlarini qo‘llash, 
muammoli ma’ruza, evristik, tabaqalashgan, aqliy hujum usullaridan 
foydalanish talab etiladi. 
“Bumerang” texnologiyasi. 
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot 
davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy 
tushunib yetish. Erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va 
xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan 
mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish 
shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir 
ishtirokchining turli mashg‘ulotlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi 
yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli balni to‘plashiga imkoniyat 
beradi. “Buremang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni 
shakllantirishga imkoniyat yaratadi: xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, 
dalillarni og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi. Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy 
xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: 
-jamoa bilan ishlash mahorati; 
-muomalalik; 


155 
-xushfe’llik ; 
-ko‘nikuvchanlik; 
-o‘zgalar fikriga hurmat; 
-faollik; 
-rahbarlik sifatlarini shakllantirish; 
-ishga ijodiy yondashish; 
-o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish; 
-o‘zini xolis baholash. 
Asosiy tushunchalar quyidagilar: 
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom 
ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin 
emas. 
Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha” yoki “yo‘q” tipidagi 
to‘g‘ri, ochiq javoblarni berishni ko‘zda tutadi. 
Kondalang so‘roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar 
qatori bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, 
opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish 
uchun ajoyib imkoniyatdir. Ko‘ndalang so‘roq paytida munozaraga 
kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga 
kirishilmaydi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin