152
Muammoli vaziyatda o‘quv muammosi, farazlar, ispotlar, izohlar,
taxlil, sintez, mustaqil anglash, o‘rganishlar asosiy component
hisoblanib, ular o‘quvchilarni yangi bilim, ko‘nikma, malakalr bilan
qurollantirish aqliy faoliyatlarni egallashga qaratilganligi sababli
o‘quv- bilim faoliyatini o‘stiradi va ijodiylashtiradi. Bu jarayonda
o‘qituvchi yo‘naltiruvchi, yo‘lga soluvchi, muammoni bayon qiluvchi
rolini bajaradi. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi bayon etgan ma’lumotlar emas
talabalar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka haqiqiy hisoblanadi
shuning uchun bu jarayonda talaba eshituvchi emas, muammoni hal
qiluvchi faol bajaruvchi hisoblanadi.
Pedagogik fanlarni o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan
foydalanish bo‘lajak tarbiyachi- o‘qituvchilarda ijodiy tafakkur,
mustaqil faolikni o‘stiradi muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni
yechish yo‘larini o‘rgatadi; vaziyatni turlicha yechish yo‘llari haqida
tushuncha beradi, aynan bir hildagi pedagogik voqeallarga turlicha
yondoshish haqida ma’lumot beradi.
Olib borilgan tajriba ishlarning natijalariga asoslanib, aytish
mumkinki,pedagogika fanlarini muammoli o‘qitishda quyidagilarga
rioya qilish lozim:
-
Eng zarur muammoli ta’lim yordamida yechiladigan muhim
mavzular tizimini ishlab chiqish;
-
Turli o‘quv mashg‘ulotlari (ma’ruza, seminar, amaliy
mashg‘ulotlar)da muammoli vaziyatlarni yaratishda, muammoli
ta’limning o‘ziga xos pedagogik jihatlarida kelib chiqish ;
-
Muammoli talimda talabalarning bilm darajasi, aqliy zakovati
o‘zlashtirish meyorlarini inobatga olish;
-
O‘z shaxsiy tajribasi, mahorati o‘quvchi –talabalrga tasir etish
qiymatidan kelib chiqish v.h.k
Shundagina pedagogik fanlarni o‘qitishda muammoli o‘qitish
texnologiyasidan maqsadli foydalanish amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: