D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


Lazerlar yordamida qurilish materiallariga ishlov berish



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

Lazerlar yordamida qurilish materiallariga ishlov berish.
Keyingi 20 yil 
ichida qayta ishlanayotgan materiallarni lazer qurilmalarini qo’llash bilan qizdirish 
usuli keng ishlatila boshlandi. Hozir to’la asos bilan shuni aytish mumkinki, “lazer 


194 
texnologiyasi” deb maxsus termin bilan ataluvchi bu yangi yo’nalish to’laligicha 
shakllandi: ya’ni, uning asosiy fizik xususiyatlari o’rganildi, asbob-uskunalar 
turkumi ishlab chiqildi, sanoat va ishlab chiqarish masshtabida yuzaga keluvchi 
qator texnologik muammolar hal etildi. Lazerlarni qo’llash natijasida mehnat 
unumdorligi keskin ortib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati yaxshilanib, 
tannarxi pasaydi. Hozirgi kunda ishlab chiqarishnrng ba’zi turlarini lazerlarsiz 
tasavvur qilish qiyin. Lazer texnologiyasi turli soha mutaxassislarini: texnologlar, 
apparaturachilar, turli uskunalar yaratuvchilarini hamda boshqa sohada ishlovchi 
barcha tadqiqotchilarni borgan sari o’ziga ko’proq jalb etmoqda. Xo’sh, lazer 
texnologiyasi qanday xususiyati bilan bunday e’tiborga sazovor bo’lmoqda? Bu 
savolga javob berishdan oldin qudratli lazer nurlarining boshqa modda - narsalarga 
qanday ta’sir etishini ko’rib o’tamiz.
Lazer nurlarining moddalarga ta’siri shundan iboratki, uning kvantlari atom 
va molekulalar orqali qayta ishlanayotgan materialning ustki qatlamlariga energiya 
berib turadi. Lazer bilan nurlantirilgan sirtdagi zichlik quvvati qisqa vaqt ichida bir 
kvadrat santimetrda yuzlab milliard vattga teng bo'ladi. Metallning sirtiga kuchli 
lazer nurini yo’naltirib, uning intensivligini tobora oshirib boramiz. Nurning 
intensivligl l0
5
Wt/sm
2
ga yetganda metallning erishi boshlanadi. Sirtning yaqinida 
nurli dog’ ostida suyuq metall paydo bo’ladi. Lazer nurining intensivligini 10
6
-10
7
Wt/sm
2
gacha yetkazamiz. Endi erish bilan birga materialning intensiv ravishda 
bug’lanishi ham boshlanadi, natijada metall sirtida chuqurcha hosil bo’ladi. 
Nurning intensivligi o’rtacha 10
9
Wt/sm
2
ga yetganda nur moddaning bug’larini 
tezlik bilan ionlashtirib plazmaga aylantiradi. Bunda nur intensiv ravishda 
plazmaga yutila boshlaydi. U lazer nurlarini materialning sirtiga o’tishini to’sib 
qo’yadi. Materialni lazer nuri bilan qayta ishlashda plazmaning hosil bo’lishiga 
yo’l qo’ymaslik lozim. Demak, nurning intensivligi uncha katta bo’lmasligi kerak. 
Shundan ko’rinib turibdiki, materialning xususiyati va qaysi turda ishlanishidan 
qat’iy nazar, nurlanishning ma’lum energetik va vaqtinchalik xarakteristikali 
turlaridan to’la foydalanish mumkin. Masalan materialni bir-biriga payvandlab 
ulash uchun unga intensiv bo’lmagan va shu bilan birga uzoq vaqt davom etadigan 


195 
impulsli (davomiyligi 10
-2
-10
-3
sm) kerak bo'ladi, teshik ochish uchun esa 
materialning bug’lanish tezligini oshirish maqsadida juda qisqa impulslar 
qo’llanadi. 
Lazerli texnologiyaning afzalligini materialni qayta ishlashdagi yuqori sifatli 
aniqlikka erishish, turlicha fizikaviy va mexanik xususiyatga ega bo’lgan har xil 
turdagi materiallarni payvandlash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish 
imkonini yaratadi, ishlab chiqarish madaniyatini oshirib, mehnat sharoitini 
yaxshilaydi. Yuqorida sanab o’tilgan afzalliklar asosida qator diqqatga sazovor 
yangi va samarador lazerli texnologik jarayonlar yaratildi. Shulardan ba’zilarni 
ko’rib o’tamiz 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin