197
Materialni gazli lazerlar bilan qirqishning o’ziga xos tomonlarini ko’rib
o’taylik: mexanik ta’sir etmasdan turib lazerlar bilan juda mo’rt, to’qilgan va juda
yumshoq bo’lgan materiallarni ham kesish mumkin. Kesish zonasidagi yuqori
harorat faqat olmosli asbob (metalli keramika, shishali uglerod va boshqalar)
bilangina ta’sir etish mumkin bo’lgan eng chidamli va qiyin eriydigan materiallarni
ham qayta ishlash imkonini beradi. Lazerli kesish usuli bugungi kunda qanchalik
keng qo’llanilayotganini ko’rsatish maqsadida bir necha misollar keltirib o’tamiz.
Birinchi misol - zanonaviy to’quv fabrikasida lazerli kesish va matoni bichishni
olaylik. Qurilma CO
2
lazerli fokuslangan sistema va lazer nurlari aralashishidan,
EHM dan iborat. Kesish jarayonida nur matoning ustki qismida l m/sek tezlikda
aralashib turadi. Nurlarning shunday aralashuvi va matolarni EHM boshqarib
turadi. Bunday qurilmalar bir soat davomida materialdan 50 ta kostyumni bichib
bera oladi. Yana boshqa misol - lazerli kesishni aviatsiya sanoatida, jumladan,
kosmik uchuvchi-apparatlarni ishlab chiqishda qo’llash. Bunda lazerlar yordamida
titan, po’lat, alyuminiy varaqlarni avtomatik qirqish amalga oshiriladi.
Keyingi paytlarda mutaxasislarni materiallarni lazerli termik qizitish usuli
o’ziga jalb etmoqda. U nimalardan iborat? Ko’pgina mo’rt materiallar
temperaturaning keskin o’zgarishi bilan qiziydi. Termik qizitishni boshqarish
maqsadida hozir CO
2
lazer qo’llay boshlashdi. Qizish lazer nurlari bilan isitish
liniyasi bo’ylab ketadi. Bunday usulda issiq o’tkazish darajasi past bo’lgan va
uncha mustahkam bo’lmagan materiallar qayta ishlanadi. Keyingi yillarda tog’
jinslarini yemirish va tonellar qazishda lazer nurlaridan foydalanib yasalgan
qurilmalar keng qo’llanila boshlandi. CO
2
lazer bilan nurlantirilgan yoqut va
marmarning shakli o’zgartirilganda ularning mustahkamligi ancha kamayadi. CO
2
lazerini tonellar o’tkazish va tog’ jinslarini yemirish maqsadida qo’llashning
ahamiyati bir necha laboratoriyalanda o’rganilmoqda.
Dostları ilə paylaş: