202
vertikal kesmalar hosil qilish mumkin. Bu usul bilan materialni qirqishda unga
ko’p mehnat sarflanmay samarali natija olishi, ya’ni materialdan yuqori foiz bilan
kerakli detallarni qirqib olish mumkin, bu esa plastinkalarni
avtomatik qayta
ishlashni osonlashtiradi, plastinkalarni tejaydi.
Olmosli skrayberlashda kesish chegarasining kengligi 180 mikrometrni
tashkil etib, bu plastinkadagi detallarni 5 foizga ko’paytirish imkonini beradi, faqat
kichik kesmalar emas, yirik-yirik kesmalar olish imkonini ham beradi. Hozirgi
kunlarda mavjud bo’lgan yupqa sirtli rezistorlar qoida bo’yicha nominal (detallarni
hisoblashda e’tiborga
olinadigan, yaxlitlangan o’lchami)dagi takror ishlab
chiqarishni yetarlicha ta’minlay olmaydi. Mikrosxemalarning nominaldan 5 foiz
chetga chiqishi ular bo’yicha ishlanayotgan detallar 1-2 foizgacha nuqsonli
tayyorlanishiga sabab bo’ladi. Texnik jarayonga qo’shimcha operatsiya kiritishda
rezistorlarni lazer bilan moslash orqali aniq o’lchovli detallar olish mumkin. Shu
paytgacha qo’llangan moslamalar (mexanik, kimyoviy, elektron nurlanish) lazerli
usullardan butunlay farqlanadi. Lazer qo’llangan
jarayonda qayta ishlash
kamchiliklarsiz aniqlik bilan bajariladi, nominaldan chetlashlar yuz bermaydi.
Quvvatli lazerlar yarim o’tkazgichli asboblar ishlab chiqarishda keng
qo’llaniladi. Ionlar kiritilgandan so’ng plastinalarni qizdirish (kuydirish) va
polikristallik kremniyda donalar o’lchamini kattalashtirishda stabilitronlarni
tayyorlashda, metall kontaktlar yaratishda lazerlardan foydalaniladi. Masalan,
yuqori energiyali ionlar kiritilganda kremniyning monokristallik
tuzilishining
buzilishi, uni tiklash uchun beriladigan termoishlov 1000°C da 30 min davom
etadi. Lazer bu ishni 10 marta tez bajaradi. Lazer bilan samarali ishlov beriladigan
yarimo’tkazgichlar teхnologiyasi sohalari haqida to’хtalib o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: