198
argon+elektr nurlari
bilan payvandlashga nisbatan qayta ishlanayotgan material
sirtiga energiyaning ko’proq to’planishini ta’minlaydi. Elektr nuri bilan
payvandlashga nisbatan lazerli payvandlashni ishlatish ancha qulay: vakuumli
sistema
talab qilinmaydi, payvandlashni “shaffof oyna” orqali amalga oshirish
mumkin. Lazerli payvandlash turlicha materiallarni han bir-biriga ulay oladi. Hosil
bo’lgan tugunlar ham xuddi o’sha ulangan metallardek puxta chidamliligi bilan
ajralib turadi. Bu payvandlash mikoelektronikada simlarni bir-biriga ulash kabi
katta operatsiyalarda keng qo’llaniladi. Hozirgi paytda l-10 kWt quvvatda
nurlantirilgan payvandlash usuli qo’llanilmoqda. Avtomatik
lazerli payvandlash
avtomobillarning kuzovini va kardan (avtomobilda va xususan mashinalarda oshiq-
moshiqsimon mexanizm) devorlarini payvandlashda titan va amominid varaqlarini,
gazli simlarni ulashda ishlatiladi. So’nggi yillarda shuningdek, metall bo’lmagan
materiallarni ham payvandlash rivojlanmoqda.
Faraz qilaylik: elektron-nurli trubka ichidagi qandaydir sim uzilib kontakt
buzildi. Shu qiyin joyni payvandlashda lazer nurlari qo’llaniladi (8.10-rasm).
8.10-rasm a) o’ta qiyin joylarni lazerli payvandlash; b) vakuumli yoki ichi gaz
bilan to’ldirilgan kameralarni shaffof materiallar orqali lazerli payvandlash.
Chunki, faqat lazergina vakuumli ballonning oynasidan o’ta olishi mumkin.
Xuddi shu yerda lazer nurlarining eng ahamiyatli: uning eng qiyin joylarda ham
payvandlash imkoniyatga ega ekanligida ko’rinadi. Shu bilan bog’liq ravishda inert
199
gazi bilan to'’dirilgan kameradagi u yoki bu mikroelektronika elementlarini ham
payvandlash juda katta qiziqish uyg’otadi. Bu holda oksidlarish reaksiyasining oldi
olinadi. Keyingi yillarda ko’pgina mamlakatlarda lazerli
qayta toblash usuli juda
avj olib ketdi. U rezistorlar qarshiligini to’g’rilash, material sirtini chiniqtirish,
parametrlar qatlamini mustahkamligi vakuum pechlarida oddiy usulda qayta
ishlangan qatlamlardan 2-3 marta ortadi. Lazerlarning mikroelektronikada
qo’llanilishi haqida quyida to’xtalib o’tamiz.
Sirtida lazerli qayta toblash ayrim uncha katta bo’lmagan
uchastkalarning
mustahkamligini yanada oshirish maqsadida qo’llaniladi. Lazerdan foydalanish
sirtqi qatlamni toblash, qayta ishlanayotgan detalni umumiy qizdirishsiz amalga
oshirish
imkoniyatini yaratadi, sirtqi va ichki qatlamni barobar toblantiradi,
jarayonni tez amalga oshirish paytida detalni oksidlanishidan saqlaydi. Shunday
qilib, lazerli toblash tanlangan maydon sirtini ta’mir etishdir. Lazerli toblash
avtomobil sanoatida dvigatel silindri (golovka) boshchasini, yetakchi klapanlar va
taqsimlovchi vallarni mustahkamlashda ishlatiladi. Sirtning qattiqligini ta’minlash
maqsadida ham lazerli legirlash (metallga boshqa metall qo’shib
fizik-kimyoviy
xususiyatlarini yaxshilamoq) qo’llaniladi. Legirlovchi prisadkalar kukun
ko’rinishida qayta ishlanadigan maydon sirtiga sepiladi. Lazer bilan nurlantirish
jarayonida qizdirilgan kukun va material aralashib yupqa qatlamli detal paydo
bo’ladi. Keyingi yillarda termik qayta ishlashga oid
yangi lazerli texnologik
jarayonlar paydo bo’ldi. Shunday jarayonlardan biriga materialni shisha bilan
qoplash jarayoni ham kiradi. Agar lazer bilan nurlantirilgan materialning ustki
qismi tez sovutilsa uning sirtida yupqa (shishasimon) amorfli qatlam qaydo
bo’ladi, u juda yuqori sifatli bo’lib, korroziyalarga bardoshliligi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: