234
Ultratovush tebranishlarni hosil qilishda maʼlum fizik hodisalarga asoslanib
yasalgan ultratovush nurlatkichlari qurilmalaridan foydalaniladi. Mexanik
nurlatkichlarda ultratovush tebranishlar gaz yoki suyuqlik oqimining mexanik
energiyasi hisobiga sodir bo’ladi. Elektromagnit nurlatkichlarning magnitostriksiya
va pyezoelektr hodisalariga asoslangan turlari keng tarqalgan.
Ultratovushsuv
osti kemalarini izlashda, dengiz (okean) chuqurligini
aniqlashda, texnologik
jarayonlarni tezlatishda, qiyin kechadigan baʼzi kimyoviy
reaksiyalarni ro’yobga chiqarishda, massa almashinish, kristall o’stirish, elektroliz
kabi jarayonlarni tezlatishda, moddalarning fizik xususiyatlarini o’rganishda,
materiallar sifatini tekshirishda, moddalarga ishlov berishda, diagnostika va
davolashda keng qo’llaniladi.
Ultratovush bilan davolash — davolash
va diagnostika maqsadida
ultratovushdyan foydalanish. Ultratovushning taʼsir etish mexanizmi mexanik
(hujayra va to’qimalar mikromassaji), termik (issiq hosil bo’lishi) va fizikkimyoviy
faol moddalar hosil bo’lishi va boshqa omillarga asoslangan.
Ultratovush tibbiyot amaliyotida 30-yillardan qo’llana boshlandi. Undan
davo maqsadida foydalanishda maxsus apparatlar qo’llaniladi. Ultratovush tanaga
1 sm dan 5—6 sm gacha chuqurlikda kiradi, bu undan turli aʼzolarni
davolashda
foydalanishga imkon beradi. Ultratovush bilan asosan, uning to’qimalardagi
xujayralar ichki jarayonlarini (oqsil biosintezi, biologik faol moddalarning hosil
bo’lishi, va boshqalar) faollashtirishga yordam
beruvchi kichik dozasidan
foydalaniladi.
Ultratovush organizmga mexanik, fizik, kimyoviy va issiq taʼsir qiladi.
Ultratovushning terapevtik taʼsiri mahalliy va umumiy reaksiyalardan iborat bo’lib,
neyroreflektor va gumoral yo’l orqali yuzaga chiqadi. Ultratovush maʼlum dozada
og’riqsizlantiruvchi, so’ruvchi, yallig’lanishga qarshi, spazmolitik, fibrionolitik,
qonni suyultiruvchi taʼsir qiladi. Uning taʼsirida bitish
va tiklanish jarayonlari
tezlashadi, nervmuskul apparati qo’zg’aluvchanligi oshadi. Periferik nerv tolasidan
impuls o’tishini tezlashtiradi, to’qimaning trofik funksiyasini yaxshilaydi va h.k.
235
Tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, artroz, revmatoid artrit,
periferik nerv sistemasi jarohati va kasalligi, hazm aʼzolari kasalliklari, meʼda va
12 barmoq ichak kasalliyutari), quloq, tomoq va burun kasalliklari (tonzillit,
faringit), ginekologik kasalliklar (salpingoofaritlar), urologik kasalliklar (prostatit)
va stomatologik kasalliklar (parodontoz)ga yaxshi naf beradi.
Ultratovushni qo’llash bemorga to’g’ri kelishi
kelmasligini faqat vrach
aniqlab beradi. To’qimalarni kesish kabi xirurgik operatsiyalarda ham ultratovush
asboblaridan foydalaniladi. Ultratovush diagnostika maqsadlarida tosh va yot
jismlarni, homilaning joylashish holati hamda boshining o’lchamini va boshqalarni
aniqlashda qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: