D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

A.Eynshteyn
birinchi bo’lib, majburiy 
nurlanish tushunchasini kiritdi va nazariy yo’l bilan majburiy nurlanish uni 
majburlovchi nurlanishga kogerentligini (mosligini) ko’rsatadi. 1930-yilda 
P.Dirak
o’zi tomonidan yaratilgan nurlanishning kvantomexanik nazariyasi asosida 
majburiy nurlanish va uning kogerentlik xususiyatlarini chuqurroq va aniqroq taxlil 
qilib, tushuntirib berdi. Lekin bu lazerning yaratilishi uchun yetarli emas edi. 1930- 
yildan boshlab optik spektroskopiya sohasida ko’plab ilmiy-tadqiqot ishlari 
boshlanib ketdi.
Bu izlanishlar natijasida atomlar, molekulalar, ionlarning energetik sathlari 
haqida ko’plab ma’lumotlar olindi va keyinchalik turli lazerlarning yaratilishida 
ishlatildi. Bu ishlarga S.Y.Frish va V.A.Fabrikant kabi Rossiya olimlari ham o’z 
hissalarini qo’shishdi. 1939 yilda 
V.A.Fabrikant
birinchi bo’lib, yorug’lik nurining 
majburiy nurlanish hisobiga kuchayishining imkoniyati borligini aytdi. 1951- 
yilning yozida, u o’zining xodimlari bilan majburiy nurlanish yordamida 
elektromagnit nurlanishni (ultrabinafsha, ko’rinuvchi, infraqizil va radioto’lqinlar 
sohasida) kuchaytirish uslubi uchun avtorlik guvohnomasini olishga taklif 
berishgan. Bu takliflarida lazerlarning faol muhitini yaratishning asosiy g’oyalari 
bayon etilgan edi. Lekin optik kuchaytirish g’oyalaridan tashqari, uni amalda
bajarish va nihoyat kogerent nurlarning hosil qilish uchun o’ziga xos teskari 
bog’lanishli optik rezonator bo’lishi kerak edi.


238 
O’sha 
yillarda 
fanning 
optika 
bo’limida 
optik 
soha 
uchun 
rezonatorlar o’ylab topilmagan edi. Kvant elektronikasi yoki lazerlar fizikasining 
rivojlanishida radiofizikaning bo’limi bo’lgan radiospektroskopiya muhim omil 
bo’ldi. Uning keskin rivojlanishi 1940-yillardan boshlanib, ilmiy izlanishlar 
yo’nalishi atom va molekula spektroskopiyasidan tashqari vaqt va chastotaning, 
ya’ni o’ta yuqori chastota (O’YUCH) standartlarini yaratilishga bag’ishlangan edi. 
Bu ilmiy izlanishlar natijasida 1950-yillarning boshlarida bir-birlaridan mustaqil 
ravishda 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin