241
nanotrubkali kontеynеrga vodorod to’ldirilsa, yaqin vaqt ichida dunyo yo’llarida
avtomobillar vodorod yoqilg’isida yuradi bu esa ekologik muammolarni hal qiladi,
chunki mashinadan vodorod yoqilg’isi chiqindisi suv bug’i singari bug’lanadi.
Shunday qilib, nanotrubkalar ichiga zaharli gazlarni qamash ham mumkin. Bu
holatda ichkaridagi gazlar mustaqil ravishda chiqib kеtmaydi. Faqatgina inson
tomonidan boshqariladigan maxsus idishlarda, ya’ni, nanotrubkalar, ichkaridagi
gazlarni chiqarib yuborishi mumkin.
Nanotexnika uchun birinchi vositalar IBM da ishlab chiqarildi. 1982-yilda
Gerd Binnning (Gerd Binning) va Genrix Rorer (Genirh Rorer) tunnel
mikroskopini yaratishdi va nobel mukofotiga sazovor bo’lishdi va amerikalik
tadqiqotchi Don Eygler (Don Egler) atomlarni metall sirtda joylashtirib ulardan
“IBM” yozuvini hosil qildi. IBM ning Shvеytsariya bo’limidagi ikki olimi
G.Binning va G.Rored 1981-yilda yuzalar mikrorеlеfini o’lchash muammolari
bilan shug’ullanib, matеrialning yuzasidagi yakka atomlarni ham farqlash
qobiliyatiga ega bo’lgan mikroskopni yaratishga sazovor bo’ldilar.
Xulosa qilib aytganda, nanotexnologiyalar, nanomateriallar va ular asosida
yaratilayotgan qurilmalar fan va texnika rivojlanishining asosiy elementlari
hisoblanadi. Ular insonlar uchun zarur bo’lgan yangi ehtiyojlarni paydo bo’lishiga
va bu ehtiyojlarni qondirishda muhim unsur hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: