32
2002-yilda kimyo bo’yicha ham mukofot sohibi Kurt Vyutrix bo’lgan, u
Ernst bilan shu texnik maktabning qo’shni binolarida ishlagan. U
eritmadagi oqsillarning uch o’lchovli tuzilishini aniqlash usullarini ishlab
chiqqanligi
uchun
mukofot
oldi.
Bungacha
yirik
biomakromolekulalarning fazoviy konformatsiyasini
aniqlashga imkon
beradigan yagona usul faqat rentgen strukturaviy tahlil edi.
Va nihoyat, 2003-yilda amerikalik Pol Lauterbur va ingliz Piter Mansfild
YMR tomografiyasini ixtiro qilgani uchun tibbiyotda mukofotga sazovor
bo’lishdi. Sovet Ittifoqi kashfiyotchisi E.K.Zavoyskiy, afsuski, Nobel
mukofotini olmadi.
2.3.
Ultrabinafsha spektroskopiya.
Ultrabinafsha (UB) soha ko’rinuvchan nurlardan boshlanib, qisqa to’lqin
uzunligidagi rentgen nurlari (50 nm) sohasigacha davom etadi. Organik moddalar
UB va ko’rinuvchan nurlarni yutishi natijasida elektronlar (valent bog’ini hosil
qilishda ishtirok etuvchi elektronlar) biriktiruvchi orbitadan bo’shashgan
orbitalarga o’tadi. Molekulaning ushbu holati qo’zg’algan holat deyiladi.
Elektronlar yadroga
tortilib turganligi sababli, ularni g’alayonlashtirish uchun
ko’proq miqdorda energiya talab qilinadi.
UB nurlarni hosil qiluvchi elektromagnit nurlarning to’lqin uzunligi 120-180
nm tashkil etada. Organik birikmalar UB sohada nurlarni yutish qobiliyatiga ega.
UB soha ikki qismga bo’linadi – to’lqin uzunligi 190 nm dan kam bo’lgan soha
(uzoq yoki vakuum UB soha deyiladi) va yaqin UB soha - 200 nm dan yuqori
bo’lgan soha. Uzoq UB sohadagi moddalarning yutilishini o’rganish murakkab
uskunalarni talab qiladi. Avvalo bu sohada havo tarkibidagi
kislorod va azot UB
nurlarni yutadi.
Shuning uchun, ushbu sohada ishlaydigan asboblar vakuum qurilmaga ega
bo’lishi kerak. Bu xildagi asboblar murakkabligi tufayli laboratoriya
mashg’ulotlarida kam ishlatiladi. Yaqin UB soha - o’lchash uchun ancha
qulayliklarga ega bo’lgan, amalda ko’p tarqalgan usullardan hisoblanadi.
33
Bu sohada kvarts shaffoflik xususiyatiga ega bo’lganligi
uchun undan
prizmalar va o’lchash idishchalarini tayyorlanadi. Tekshirish uchun kerak
bo’ladagan modda miqdori 0,1 mg ni tashkil etadi. Shu afzalliklari tufayli UB -
spektroskopiya kimyoviy moddalarning tuzilishini o’rganishda ishlatiladigan
fizikaviy tadqiqot usullarining eng ko’p tarqalgan turini tashkil etadi.
Atom va molekuladagi elektronlar juda aniq energiyaga ega bo’lgan
orbitalarni egallaydi. Atom orbitalarning energiyalari kvant sonlarining yig’indisi
bilan ifodalanadi. Molekula orbitallari atom orbitallarining chiziqli to’plami deb
qaralishi mumkin. Bu to’plam elektronlarining spini antiparallel yo’nalishga ega
bo’lgan bog’lovchi orbital /normal holat/ va elektron spinlari parallel yo’nalishga
ega bo’lgan bo’shashgan orbitadan /qo’zg’algan holat/ tashkil topgan.
Organik
molekulalar
va
bog’larni hosil qiluvchi elektronlar hamda tarkibida
juftlashmagan elektronlar tutgan geteroatomlardan /p – elektronlar/ tashkil topadi.
Energiyasi yuqori kvant
o’tish uchun zarurdir, ya’ni oddiy bog’larni
qo’zg’algan holatga keltirish uchun yorug’lik kvantining to’lqin uzunligi kichik
bo’lishi kerak.
o’tishlarini sodir qilish uchun kerakli energiya kam
miqdorda talab qilinadi. n - holatdagi elektronlarning
energiyasi -holatdagidan
ham yuqoridir va ularni qo’zg’atish uchun eng kam miqdorda energiya sarf
qilinmog’i kerak. Bu holdagi o’tishlar yaqin UB sohada sodir bo’lganligi uchun
amaliy ishlarda katta ahamiyatga egadir.
Molekula tarkibidagi UB sohadagi elektromagnit nurlarni tanlab yutadigan
guruhlarga xromoforlar deyiladi. Xromoforlarga tarkibida qo’sh bog’ yoki
geteroatom tutgan moddalar misol bo’ladi. Xromofor
guruhlar organik modda
tarkibida har xil holatda joylashishi mumkin, lekin xromoforning UB sohada
o’tishi oddiy molekulalarda yoki tuzilishi jihatdan murakkab bo’lgan
molekulalarda ham amalda bir-biriga yaqin bo’lgan to’lqin uzunliklarida
elektromagnit nurlarini yutadi. Xromofor guruhlarning
har xil kimyoviy
ta’sirlashuviga qarab UB sohada hosil qiladigan yutish maksimumlari o’zgarishi
34
mumkin. Yutish maksimumining to’lqin uzunligi uzun sohaga siljishi bataxrom
siljish deyiladi, qisqa sohaga siljishi esa gipsoxrom siljish deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: