2.4. Infraqizil spektroskopiya. Infraqizil spektroskopiya usuli juda qisqa vaqt oralig’ida molekulalarning
nisbiy joylashuvi haqida ma’lumot olish, shuningdek ular orasidagi bog’
xarakterini baholashaga imkon beradi. Bu esa turli moddalarning strukturaviy
xossalarini o’rganishda muhim hisoblanadi. Bu usul asosida infraqizil nurlanish
kabi fizik hodisa yotadi. Infraqizil nurlanishni, shuningdek “issiqlik” nurlanishi
deb ataladi.
Bunga sabab ma’lum bir haroratgacha qizdirilgan barcha qattiq, suyuq
jismlar infraqizil spektrdagi energiyani nurlantiradi. Mutloq qora jismning nibatan
yuqori bo’lmagan haroratlardagi (bir necha ming kelvin) nurlanish spektri asosan
mazkur oraliqda yotadi.
Infraqizil spektraskopiya usulining mohiyati. Infraqizil spektraskopiya –
infraqizil sohada, yani to’lqin uzunligining 10
-6
dan 10
-3
m gacha bo’lgan
oraliqdagi elektr magnit nurlanishning yutilish va ajralish spektrini o’rganuvchi
molekular optik spektraskopiyaning bo’limidir. Yutilgan nurlanish jadalligi –
infraqizil spektr to’lqin uzunligi koordinatasi ko’plab maksimum va minimumga
ega bo’lgan murrakab egri chiziqlardir.
Yutilish yo’lagi o’rganilayotgan tizimning asosiy elektron holatning
tebranuvchi sathlar orasidagi o’tish natijasida paydo bo’ladi. Alohida molekulaning
spektral tasviri (yo’lak maksimumlarining joylashuvi, ularning yarim kengligi,
jadalligi), ularni tashkil qilgan atomlarning massasi, tuzilish geometriyasi, atomlar
orasidagi kuchlarning o’ziga xosligi, zaryadlar taqsimoti va boshqalarga bog’liq
bo’ladi. Shuning uchun infraqizil spektrlar o’zining indivudialligi bilan ajralib
turadi. Bu esa birikmalarning tuzilishini o’rganishda va aniqlashda ular
bebaholigini belgilab beradi.