D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


-rasm. Izopren qoldiqlaridan tuzilgan zanjir konformatsiyasi



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

3.2-rasm. Izopren qoldiqlaridan tuzilgan zanjir konformatsiyasi. 
Polimer zanjirining konformatsiyasi haqidagi tasavvurlar birinchi marta 
V.Kun, G.Mark va E.Gut tomonidan kiritildi. Ularning fikricha, polimer 
zanjirining har xil konformatsiyasi kimyoviy bog’lar uzilmagan holda 
zvenolarning bir-biriga nisbatan erkin aylanishidandir. Uglerod atomlari faqat -
bog’lar bilan bo’langan alohida olingan polimer zanjirini ko’rib chiqaylik. Bunday 
zanjir zvenolari issiqlik harakatida bo’ladi, ya’ni bir zveno qo’shni zvenoga 


50 
nisbatan aylana oladi. Bunday zanjirning valent burchaklari belgilanmagan bo’lib, 
aylanish -bog’lar atrofida erkin bo’lsin deb faraz qilaylik. 
Bunday zanjir erkin a’zolangan deb atalib, fazoda qo’shni zvenolar holatidan 
qat’iy nazar har qanday holatni egallashi mumkin. Bunday zanjir har xil 
konformatsiyada bo’lishi mumkin, ya’ni u o’ta bukiluvchandir (3.3-rasm). 
3.3-rasm. Erkin a’zolangan zanjir konformatsiyasi. 
Polimerlarning real zanjirli molekulalarida valent burchaklar aniq qiymat 
(109°28’) ga ega bo’lib zvenolarning aylanma harakati natijasida o’zgarmaydi. 
Belgilangan valent burchakli zanjirda har bir zveno holati yonidagi zvenoga 
bog’liq bo’ladi. (3.4-rasm). Shuning uchun erkin aylanish bo’ladi deb faraz 
qilinganda ham bunday zanjir erkin a’zolangan zanjirga qaraganda kam sonli 
konformatsiyani egallaydi, lekin u ham yaxshi bukilish xususiyatiga ega bo’ladi. 
S.E. Bresler va Ya.I. Frenkel polimer molekulalaridagi ichki aylanish bir-biri bilan 
kimyoviy bog’lanmagan atomlar ta’siri natijasida tormozlanishini ko’rsatdilar. Bu 
bitta makromolekuladagi atomlarning o’zaro ta’siri (ichki molekulyar ta’sir) va 
qo’shni zanjirlardagi zvenolar atomlari o’zaro ta’siri (molekulalararo ta’sir) 
natijasida bo’lishi mumkin.
3.4-rasm. Belgilangan valent burchakli zanjir konformatsiyalari. 
Real sistemalarda polimer molekulalari o’ziga o’xshash molekulalar bilan 
o’ralgan, shuning uchun aylanishning tormozlanish darajasiga ta’sir qiluvchi u 


51 
yoki bu xildagi molekulalararo ta’sirlar bo’ladi, lekin bu o’zaro ta’sirlarni hisobga 
olish murakkab vazifa. Shuning uchun bunday ta’sirlarni hisoblashda ichki 
molekulyar ta’sirlarni hisobga olish bilan chegaralaniladi. Ikki xil ichki molekulyar 
ta’sir bo’ladi: 
1. Yaqin tartibli o’zaro ta’sir, ya’ni oralaridagi masofa yaqin bo’lgan atomlar 
va atomlar guruhlari ta’siri, masalan, qo’shni zvenolar atomlari orasidagi ta’sir. 
2. Uzoq tartibli o’zaro ta’sir, ya’ni zanjirdagi bir-biridan ancha uzoq 
masofada joylashgan zvenolardagi atomlar yoki atomlar guruhi orasidagi ta’sir. 
Bunday ta’sir faqat uzun zanjir juda bukilgan holatda bo’lishi mumkin. Shunday 
qilib, polimer makromolekulasining potensial energiyasi molekulaning bir qismi 
ikkinchi qismiga nisbatan burilganida ichki molekulyar ta’sir natijasida o’zgaradi. 
Polimer 
strukturasi 
ikki 
xil: 
molekulyar 
va 
ustmolekulyar 
(makromolekulalarning bir-biriga nisbatan joylashishi natijasida hosil bo’lgan 
struktura) darajasida o’rganiladi. Molekulyar darajadagi strukturaga polimer 
makromolekulasidagi zvenolarning tuzilishi va funksional o’zaro joylashish tartibi 
(holati) kiradi. Ustmolekulyar strukturaga polimer makromolekulalari yoki 
ularning ayrim qismlarining bir-biriga nisbatan joylashishi va ularning shakli 
kiradi.
Polimerlarning 
molekulyar 
strukturasi 
ular 
makromolekulasining 
konfiguratsiyasi, konformatsiyasi va molekulyar taxlanishi tushunchalarini o’z 
ichiga oladi. Konfiguratsiya molekulani tashkil etuvchi atomlarning fazoviy 
joylashish tartibini ifodalaydi. Bu tartib molekulalarning tartibsiz issiqlik harakati 
natijasida o’zgarmaydi: konfiguratsiya faqat kimyoviy bog’larning uzilib, qayta 
tiklanishi natijasida o’zgarishi mumkin. Polimerlarning konfiguratsiyasi bir necha 
konfiguratsion 
darajalarga 
bo’linadi: 
elementar 
zveno 
konfiguratsiyasi, 
zvenolarning birikish konfiguratsiyasi (yaqin konfiguratsion tartib), katta 
bloklarning birikish konfiguratsiyasi (uzoq konfiguratsion tartib), mikrozanjir 
konfiguratsiyasi. 


52 
Elementar zvenolarning konfiguratsiyasi organik kimyoda ishlatiladigan 
tushunchalar va ta’riflar bilan ifodalanadi. Masalan, qo’shbog’ tutgan polimerlar 
tsis-(l) va trans-(2) izomerlar shaklida bo’lishi mumkin: 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin