2.5. Mass spektroskopiya. Mass-spektrometr
haqida
tushuncha.
Mass-spektrometr
moddaning
ionlashgan zarralarini massalari bo’yicha aniqlaydigan asbobdir. Ishi magnit va
elektr maydonlarning bo’shliq (vakuum) dagi ionlar dastasiga ko’rsatadigan
ta’siriga asoslangan bo’ladi. Mass-spektrometrlar statistik va dinamik Mass-
spektrometrlarga bo’linadi.
Statistk Mass-spektrometrning ishi o’zgarmas
magnit va elektr
maydondagi ionlarning trayektoriyasi nisbatiga bog’liq, bunda m – ion massasi, e –
elektr zaryadi.
Dinamik Mass-spektrometrning ishi esa, asosan ionlarning manbadan
kollektorgacha bo’lgan masofani o’tish vaqtiga yoki o’zgaruvchan elektr va magnit
maydondagi tebranish davriga asoslangan bo’ladi.
Qayd qilish uslubiga ko’ra Mass-spektrometr ionlar dastasini fotografik qayd
qiluvchi va ion tokini elektr asboblar bilan qayd qiluvchi xillarga bo’linadi.
Mass-spektrometrning asosiy qismlariga:
ion manbalari (tekshirilayotgan modda ionlashib, ma’lum yo’nalishda ion
dastasi hosil qilinadi);
Analizator (asosan, ion manbaidan chiqayotgan ion dastasini ionlarning
massasi, zaryadiga qarab bir necha ion dastasiga ajraladi);
Qabul qilish qurilmasi (bir yoki bir necha maxsus elektrodlar – ion
kollektordan iborat). Ion kollektorlari ion toki kuchaytirgichlari va hisoblash
asboblariga ulanadi.
Mass-spektrometrda,
shuningdek tekshirilayotgan
gazsimon moddani ion manbayiga o’tkazuvchi, qurilma vakuum manometrlar
sistemasi, ion tutqichlar, ion manbayi va 10
-7
– 10
-5
mm. simob ustuni bosimini
vujudga keltiruvchi vakuum nasoslardan iborat bo’ladi. Mass-spektrometrning
ion manbayi analizator va ion tok manbayiga ulanadi.
Jism (yoki suyuqlik) tarkibidagi modda massasini aniqlashning har xil
usullari mavjud.
43
Masalan, Duplet usuli bilan dispersion chiziqlar orasidagi masofa aniqlanadi
va shu masofa bo’yicha massalar farqi topiladi. Ionlar tokini o’lchash usuli bilan
moddalar massasi aniqlanadi.