D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


III BOB. MOLEKULYAR BIRIKMALAR MASSALARI VA



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

III BOB. MOLEKULYAR BIRIKMALAR MASSALARI VA 
SHAKLLARI. 
3.1. Quyi, organik va yuqori molekulyar birikmalar massalari, 
konfiguratsiyasi va konformatsiyasi. 
Tabiatda uchraydigan ko’plab moddalar orasida boshqalaridan o’zining 
fizikaviy xossalari bilan keskin farq qiluvchi, eritmalarining yuqori qovushqoqliligi 
tufayli tolalar, pardalar va h.k.lar hosil qila oladigan moddalar guruhi mavjud. Bu 
guruhga o’simlik va hayvonot organizmi hayot faoliyatida hosil bo’luvchi 
sellyuloza, ligniti, pentozanlar, kraxmal, oqsillar va nuklein kislotalar kiradi. 
Tabiiy polimerlar deb ataluvchi turli xil tolalar, teri va kauchukdan qadim 
zamonlardan foydalanib kelingan. Yuqori molekulyar birikmalar quyi molekulyar 
birikmalardan molekulyar massasining nihoyatda kattaligi bilan farq qiladi. Odatda 
molekulyar massasi 5000 va undan yuqori bo’lgan moddalar, hoh u tabiiy, hoh 
sintetik bo’lsin, yuqori molekulyar birikmalar sinfiga kiritiladi. Demak, yuqori 
molekulyar birikmalar kimyosi molekulasi yuzlab va minglab atomlardan iborat 
kimyoviy moddalarni o’rganadi. Yuqori molekulyar birikmalarni tahlil qilish shuni 
ko’rsatdiki, ularning molekulalari asosan bir xil qismlardan iborat. Shuning uchun 
u qismlar elementar zvenolar deb nomlanadi. Tabiiy kauchukda elementar zveno 
izopren molekulasidir: 
Shu kabi ko’plab elementar zvenolardan tuzilgan yuqori molekulyar 
birikmalarni makromolekulalar yoki polimerlar deb nomlash qabul qilingan. 
Polimerlar va monomerlar oralig’idagi molekulyar massali moddalar oligomerlar 
deb ataladi. 
Polimerlarning muhirn xarakteristikalaridan biri makromolekuladagi 
elementar zvenolar sonini ko’rsatuvchi polimerlanish darajasidir. Polimerning 
molekulyar massasi M va uning polimerlanish darajasi P orasida quyidagi nisbat 
mavjud: 


46 
(3.1) 
bu yerda, m ~ elementar zvenoning molekulyar massasi. 
Masalan, sellyuola makromolekulasi 20-30 ming glikozid qoldiqlaridan 
iborat uzun zanjirsimon makromolekuladan iborat. 
Tirik tabiatning asosini organik yuqori molekulyar birikmalar tashkil qiladi. 
Polisaxaridlar, lignin, oqsillar, pektin moddalar o’simlik dunyosining asosiy 
tarkibiga kirib yuqori molekulyar birikmalardan iborat. Yog’och, paxta, kanop kabi 
polimerlarning mexanik xossalari ular tarkibida yuqori molekulyar polisaxarid - 
sellyulozaning katta miqdorda bo’lishidandir. Bunday yuqori polisaxaridlar 
assimilyatsion jarayonning so’nggi muhim natijasi bo’lib, quyidagi tenglama bilan 
ifodalanadi

6nC0
2
+ 5nH
2
0 - [C
6
H
10
O
5
]
n
+ 6nO

(3.2) 
Tirik organizm asosini ham yuqori molekulyar birikmalar tashkil etadi. 
Bular oqsillar bo’lib, tirik organizmning deyarli barcha qismi - mushaklar, 
birlashtiruvchi to’qimalar, miya, qon, teri, soch, jun, shox, tuyoq va boshqalarni 
tashkil etuvchilar yuqori molekulyar birikmalardan iborat. 
Organik yuqori molekulyar birikmalar tirik tabiatda qanday ahamiyatga ega 
bo’lsa, anorganik yuqori molekulyar birikmalar ham shunday rol o’ynaydi va 
minerallar dunyosida shunday tarqalgan. Yer qobig’ining asosiy qismi kremniy, 
alyuminiy va boshqa makromolekulalar tashkil etuvchi ko’p valentli elementlar 
oksidlaridan tashkil topgan. Bular orasida, shubhasiz yuqori molekulyar birikma 
hisoblangan kremniy oksidi [SiO
2
]
n
keng tarqalgan. Yer shari massasining 50% 
idan ortig’i kremniy angidrididan iborat, yer qobig’ining tashqi qismi (granit 
qavat)da uning miqdori 60% ga etadi. 
Kremniyning asosiy qismi yer qobig’ida toza kremniy oksidi polimeri va 
yuqori molekulyar murakkab silikatlar (ko’proq alyuminiy silikatlari) va faqat 
ozgina qismi quyi molekulyar silikatlar ko’rinishida bo’ladi. Kremniy 
angidridining keng tarqalgan turi tog’ jinslari va qumning muhim asosiy qismini 


47 
tashkil etuvchi kvars hisoblanadi. Tog’ xrustali va ametist ham deyarli toza 
kremniy angidrididan iborat. 
Alyuminiy oksidi [AlO
3
]
n
polimeri korund minerali va qimmatbaho 
minerallar - yoqut va sapfir (ko’kish yoqut) ko’rinishida uchraydi. 
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosining eng avvalo, o’ziga xos xususiyati 
molekulyar massaning butunlay yangi tushuncha ekanligi. Quyi molekulyar 
birikmalar uchun molekulyar massaning qiymati - kimyoviy birikmaning 
yakkaligini tavsiflovchi konstantadir. Ularda molekulyar massaning o’zgarishi 
boshqa moddaga aylanish va xossalarining o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi. 
Gomologik qator vakilining bir turdan ikkinchi turga o’tishi (molekulyar massasi 
qiymatining o’zgarishi) bilan moddaning fizikaviy xossalari shunchalik 
o’zgaradiki, undan foydalanib gomologlarni bir-biridan ajratish mumkin. Shunday 
qilib polimergomologlarni har biriga molekulyar massasi bo’yicha yaqin bo’lgan 
aralashmalardan iborat fraksiyalarga ajratish mumkin. 
Shunga ko’ra, yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar massasi ayni 
birikmaning individiual xossalarini ifodalovchi konstanta emas, balki o’rtacha 
statistik kattalik hisoblanadi. Shu sababli yuqori molekulyar birikmalar kimyosiga 
o’rtacha molekulyar massa tushunchasi kiritiladi. 
Polimerdagi polimergomologlaming miqdoriy taqsimlanishini ifodalash 
uchun polidisperslik tushunchasi kiritiladi. Polimerning polidisperslik darajasi 
fraksiyalar o’rtacha molekulyar massasining eng yuqori qiymatlari bilan 
belgilanadi va molekulyar massa bo’yicha polimer taqsimotining egrilari bilan 
ifodalanadi. 1-rasmda bir xil o’rtacha polimerlanish darajasiga ega bo’lgan, ammo 
turlicha polidisperslikka ega ikki polimerning molekulyar massa bo’yicha 
taqsimlanish egriliklari ko’rsatilgan. Rasmda 2-egri chiziq bilan ifodalangan 
polimerga qaraganda 1-egri chiziq molekulyar massasi bo’yicha yuqori jinsliligi 
ko’rsatilgan. Polidisperslik darajasi o’rtacha molekulyar massadek polimerning 
muhim xarakteristikasi hisoblanadi. 


48 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin