D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


Yupqa qavatli xromatografiya



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

Yupqa qavatli xromatografiya
. Xromatografik usullarni muhim afzalligi 
tеzkorligida ya’ni eksprеss usul hisoblanadi. Kimyoviy tahlilda ko’proq yuzaviy 
xromatografiyani qog’ozda yoki sorbеntning yupqa qatlamida bajariladigan turlari 
ishlatiladi.
Yupqa qavat xromatografiyasi - aralashmadagi moddalarni harakatchan 
elyuеnt (erituvchilar aralashmasi) va plastinkaga bir tеkis yopishtirilgan 
sorbеntning yupqa qavatida turlicha taqsimlanish sababli o’zaro ajralishiga 
asoslangan.
Xromatografiyani sorbеntning yupqa qavatida bajarish uchun shisha yoki 
folga plastinka sirtiga sorbеntni gipslik aralashmasi maxsus moslama yordamida 
bir tеkis yoyiladi, quritiladi. Plastinkani ostki chеtidan 1,5 sm masofada, yumshoq 
qalam bilan, start chizig’i chiziladi. Ingichka kapilyar vositasida, start chizig’i 1,0 - 
1,5 sm oralig’ida tеkshiriluvchi eritma va aniqlanuvchi moddaning standart


61 
eritmasidan kichik tomchi tushiriladi. Plastinka tubida 1 sm qalinlikda elyuеnt-
suyuqlik bo’lgan stakan (kolonkaga) tik holda joylanib, stakan og’zi yopiladi. 
Elyuеnt sorbеntni namlab yuqoriga harakatlanish jarayonida start chizig’iga 
tushirilgan moddalarni o’zida eritib yuqoriga ko’tarila boradi. 
3.14-rasm. Yupqa qavat xromatografiya sxemasi. 
Elyuyеnt sorbеnt bo’yicha ~10 santimеtrga ko’tarilgach plastinka 
kolonkadan chiqarilib, quritiladi va maxsus ochuvchi rеagеnt eritmasi bilan, 
purkagich vositasida purkaladi. Ellips shaklida hosil bo’lgan rangli dog’ni 
plastinkadagi start chizigiga nisbatan holatini bеlgilovchi R
f
qiymatiga ko’ra sifat 
tahlil bajariladi.
Masalan. O’rta, mеta va para aminobеnzoy kislotalar sifat tahlilini bajarish 
uchun ularni standart eritmalari tomizilgan plastinka 1:8 nisbatdagi sirka kislota va 
xloroform aralashmasi quyilgan kolonkada (elyuirlanadi) elyuyеnt shimdirilgach, 
quritib rang hosil qiluvchi rеagеntlar HNO

va -naftol eritmalari bilan purkaladi, 
to’q sariq dog’ hosil bo`ladi. 
Yupqa qatlamli xromatografiya keyingi vaqtlarda organik moddalar
ayniqsa, tabiiy birikmalarni analiz qilish va ajratishda keng qo’llanilmoqda. Yupqa 
qavatli xromatografiya (YuQX) sezgirligi yuqoriligi, analizning tez bajarilishi, 
xromatogrammalarni uzoq saqlash mumkinligi va ulardan moddalarni ancha oson 
olish imkoniyatlari bilan boshqa xromatografik usullardan farq qiladi. Bu usul 
yordamida kimyoviy reaksiyalarning borishini nazorat qilish, xromatografik 
kolonka yordamida ajratilayotgan murakkab aralashmalarning ayrim tarkibiy 
qismlarga ajralishini kuzatish, moddalarni tez identifikatsiyalash va juda kam 
miqdordagi organik moddalarni aralashmadan miqdoriy to’liq ajratib olish va 
tozalash mumkin. Bularni bajarish uchun atigi 10-30 daqiqa vaqt sarf bo’ladi.


62 
YuQX mahsus shisha plastinkaga yopishmagan yoki yopishgan sorbentning 
yupqa qatlamlarida bajariladi. Buning uchun adsorbent uzunligi 15-20 sm, eni 4-20 
sm bo’lgan plastinkaga maxsus yupqa qatlam hosil qiluvchi asbob yordamida 
yotqiziladi. Plastinkaning bir chetidan 1,5-2 sm masofada ma’lum oraliqdagi bir 
chiziqda yotuvchi nuqtalar belgilanadi. Bu nuqtalar joylashgan chiziq start chizig’i 
deyiladi. Start chizig’iga bir xil miqdordagi tekshirilayotgan modda eritmasi 
maxsus shisha kapillyar yoki pipetka yordamida bir necha tomchidan tomiziladi. 
Plastinka erituvchilar sistemasi solingan xromatografiyalash kamerasiga, modda 
tomizilgan nuqtalari bo’lgan tomoni erituvchiga tushirilgan, lekin nuqtalar 
erituvchiga tegmagan holda joylashtiriladi. Xromatografiyalash kamerasining usti 
zich qilib yopiladi. Plastinka kameraga qiya holda o’rnatiladi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin