D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


-rasm. Adsorbentli shisha plastinka eksikator yupqa qatlamli



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

3.15-rasm. Adsorbentli shisha plastinka eksikator yupqa qatlamli 
xromatografiya uchun asbob. 
Kamera sifatida keng stakan, eksikator va boshqalardan foydalanish 
mumkin. Erituvchi yuqoriga ko’tarilib, plastinkaning qarama-qarshi uchiga 0,5-1 
sm qolganda xromatografiyalash to’xtatiladi. Buning uchun plastinka kameradan 
olinadi va quritiladi.
Qog’oz xromatografiyasi ham yupqa qavatli xromatografiyaning bir 
ko’rinishi bo’lib, u murakkab aralashmalarni, ayniqsa, oksillar, uglevodlar, yog’lar, 
antibiotiklar, gormonlar, glikozidlar, alkaloidlar, fenollar va boshqa tabiiy 
moddalarni ajratish va aniqlashda ishlatiladi.
Bu usulda qog’ozga adsorbilangan suv turg’un faza, harakatchan faza 
sifatida esa suv bilan aralashmaydigan erituvchi ishlatiladi. Tekshiriladigan 
aralashmadagi moddalarni ajratish shu ikki erituvchi orasida ularning taqsimlanish 
koeffitsiyentiga bog’liq. Qog’oz adsorbent hisoblanadi. Qog’oz xromatografiyasi


63 
erituvchining yo’nalishiga qarab, yuqoriga ko’tariluvchi (3.16-rasm, a), pastga 
tushuvchi (3.16-rasm, b) va radial xromatografiya usullariga (3.17-rasm) bo’linadi. 
3.17-rasm.Yuqoriga ko’tariluvchi (a) va pastga tushuvchi (b) qog’oz 
xromatografiyasi usullari uchun qurilmalar. 
Agar aralashmadagi moddalar har xil erituvchilarda turlicha R qiymatlariga 
ega bo’lsalar, ularni ikki tomonlama xromatografiya yordamida ajratish mumkin. 
Buning uchun kvadrat bichimli qog’oz olinib, modda qog’ozning burchagiga 
tomiziladi va oldin bir xil erituvchilar sistemasida xromatografiya o’tkaziladi, 
so’ngra qog’oz quritiladi va u 90°C ga burilgandan so’ng ikkinchi erituvchi 
sistemasida xromatografiya o’tkaziladi.
Bir xil qiymatli R
f
olish uchun xromatografiyalash sharoiti (eritmalar 
sistemasi tarkibi, harorat, qog’ozning sifati, jarayonning borish vaqti, kameraning 
germetiklik darajasi va boshqalar) bir xil bo’lishi kerak.
Tekshirilayotgan moddalar aralashmasining eritmasi shisha kapillyar yoki 
pipetka yordamida yuqoriga siljuvchi va pastga tushuvchi xromatografiyalarda 
qog’oz chetidan 2-3 sm masofaga, gorizontal radial xromatografiyada esa qog’oz 
markazidagi qog’oz pilikdan 1,5-2 sm masofada ma’lum oraliqda bir necha 
tomchidan tomiziladi. Qog’oz namuna bilan quritiladi va maxsus kameralardagi 
erituvchi 
sistemasiga 
modda 
tomizilgan 
tomchilar 
tegmaydigan 
qilib 
joylashtiriladi. 


64 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin