D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

3.20-rasm. Osmometr sxemasi.
 
 
3.21-rasm. Simm-Meyerson
A, B- kapillyarlar;
 
 
 
 
osmometri.
 
V- yarim o’tkazgich membrana.
3.20-rasmda Simm-Meyerson osmometri keltirilgan. U shisha yacheyka (1) 
(hajmi 3 ml) dan iborat bo`lib, unga ikkita kapillyar ulangan. Kapillyarning bittasi 
(d=0,5 mm) (2) o`lchash uchun, ikkinchi kapillyar (6) esa (d=2 mm) uskunani 
eritma bilan to’ldirishga xizmat qiladi.
Yacheykaning (1) ikki tomoni juda tekis qilib shliflangan, uning ikkala 
tomoni sellofandan yoki boshqa materialdan tayyorlangan membrana bilan 
qoplanib, 7- moslama bilan siqib qo`yiladi. Kapillyar eritma bilan to`ldirilgan 
metalldan yasalgan sterjen bilan kapillyarni yuqori qismi berkitiladi. 3-kapillyar 
solishtirilish uchun xizmat qilib, erituvchining satxini ko’rsatib turadi.
Molekulyar massani nur yoyish yordamida aniqlash. Yorug’lik nuri 
yorug’lik to’lqinining 0,1 qismiga teng o’lchamli zarrachalar bilan to’qnashganda 
nurning qaytishi va difraksion tarqalishi kuzatiladi. Nur yoyishning sababi 
quyidagilardan iborat: Yorug’lik to’lqinlarining o’zgaruvchan elektr maydonlari 
zarrachalarning elektronlari tebranishiga, zaryadlar orasidagi masofaning doim 


75 
kamayishi yoki ortishiga (induksion qutilarda) olib keladi, bu esa, o’z navbatida 
har tomonlama tarqaladigan ikkilamchi nurlanishga olib keladi. Zarrachalar 
qanchalik yirik bo’lsa ularda shunchalik ko’p induksion qutblar paydo bo’ladi va 
elektronlar pog’onalarining qutblanishi oson bo’ladi va induksion qutblarning hosil 
bo’lishini osonlashtiradi. Suyuqlik yoki qattiq moddalarga o’xshash moddaning 
zarrachalari (molekulalari) bir-biriga yaqin joylashgan bo’lsa, bir zarrachadan 
yoyilgan nur boshqa zarrachalardan yoyilgan nurlar bilan interferensiyalanishi 
mumkin, agar molekulalar tartibli qatorlarga joylashgan bo’lsa ulardagi 
interferensiya butunlay nur yoyilishini yo’q qiladi. Polimer eritmalarida tasodifiy 
molekulalarning bir joyda to’planishi (fluktuasiya) berilgan juda kichik hajmda 
uzluksiz konsentratsiyaning o’zgarishi eritmada qanday bo’lsa, shunday bo’ladi. 
Bu fluktuasiyalar interferensiya natijasida nur tarqalishining to’liq o’chishiga 
xalaqit beradi va kuzatilayotgan nur yoyilishiga sabab bo’ladi. Demak, eritmada 
zichlik va konsentratsiya fluktuatsiyalari ko’p bo’lsa nur yoyilishi katta bo’ladi. 
Konsentratsiya o’zgarishi ozod energiyaning o’zgarishi bilan boradi va bu 
o’zgarishni osmotik bosimning bajargan ishi deb qarash mumkin. Bu esa nur 
yoyilishining intensivligi osmotik bosimga bog’liqligini ko’rsatadi.
Demak Eynshteynning nur yoyilishi fluktuatsion nazariyasiga asoslanib 
polimerlarning suyultirilgan eritmalari quyidagi munosabatga bo’ysunishini 
ko’rsatdi: 
(3.10) 
bu yerda 
(3.11

С - konsentratsiya; - eritmaning loyqaligi; n

va n erituvchi va eritmaning 
sindirish ko`rsatkichlari; N

- Avagadro soni; - yorug`likning to`lqin uzunligi; Р - 
osmotik bosim. Amalda qo’llanayotgan konsentratsiyalar oralig’ida (n-n
0

konsentratsiya o’zgarishiga mutanosib bo’lgani uchun gradient dn/dC ni (n-n
0
)/C 
ishora bilan almashtirish mumkin.


76 
Loyqalanish odatda, fotoelektrik nefelometrda har xil burchak ostida 
yoyilgan nurning intensivligini o’lchash orqali aniqlanadi. Yorug’lik manbai 
sifatida simob spektrining faqat yashil nurlarini o’tkazuvchi svetofiltr bilan 
moslangan simob chirog’i qo’llaniladi. Nur yoyish usulining boshqa usullardan 
farqi shuki, unda o’lchashlar tez amalga oshiriladi. Bu usul o’rtacha vazniy 
molekulyar massani beradi, chunki umumiy loyqalanish har bir fraksiyaning 
loyqalanish yig’indisidan iborat 
Ultrasentrifugalash usuli. Qattiq modda suspenziyasi baland silindrga 
solinganda, zarrachalari muhit qarshiligini yengib asta-sekin idish tubiga cho’ka 
boshlaydi. Sedimentatsiya (cho’kish) tezligi zarrachalarning o’lchami va shakliga, 
muhit bilan osilib turgan zarrachalar zichliklarining (

va ) farqiga va muhit 
qovushqoqligi ( 
)ga bog’liq. Stoks qonuni bo’yicha sferik zarrachalarning 
cho’kish tezligi 
(3.12)
ga teng bo’ladi. Bu yerda x - tushayotgan zarrachaning - vaqt ichida yurib o’tgan 
masofasi; g – og’irlik kuchining tezlanishi. Bu tenglamaga asosan zarrachaning 
radiusi r - kichrayishi bilan dx/dt kamayib boradi.
Agar suspenziyalarda cho’kish tezligi katta bo’lib va u oson o’zgarsa, 
maydaroq zarrachalarga o’tganda u shunchalik kamayib ketadiki uni amalda 
aniqlash juda qiyin bo’ladi. Makromolekulalar o’lchamiga teng bo’lgan 
zarrachalarga bunday cho’kish uchun ko’p yillar kerak bo’lar edi, bu esa 
molekulyar massani amalda sedimentatsiya usuli bilan aniqlash mumkin emasligini 
ko’rsatadi. Ammo, agar muhitning qarshiligi cho’kishiga yagona to’siq bo’lsa, 
unda kichik zarrachalar ham ma’lum vaqtdan keyin idish tubiga yetib boradi. 
Lekin bu hodisa kuzatilmaydi, chunki zarrachalar o’lchami kichrayishi bilan Broun 
harakatining ahamiyati orta boshlaydi, bu esa zarrachalarning dispers faza bo’yicha 
bir tekisda taqsimlanishiga olib keladi.
Polimer molekulalari cho’kishini tezlashtirish uchun ultrasentrifugadan 
foydalaniladi. Sentrifugalash jarayonida sferik zarrachalarning sedimentasiya


77 
tezligini aniqlash uchun Stoks tenglamasidagi 
g
ni markazdan qochuvchi tezlanish 
( -rotor aylanishining burchak tezligi, х aylanish o’qigacha bo’lgan masofa) 
bilan almashtirish lozim, chunki u 
g
dan farq qilib x ga bog’liq bo’ladi. Demak, 
makromolekularning sedimentasiya tezligi ularning cho’kishi bilan ortib boradi:
(3.13) 
Ultrasentrifugada molekulyar massani faqat sedimentatsiya tezligi orqali 
emas, balki zarrachalarning cho’kishi va qayta diffuziyalanishi jarayonlaridagi 
muvozanat paytidagi (sedimentasion muvozanat) konsentratsiyalar taqsimlanishini 
o’rganish yo’li bilan ham aniqlash mumkin. Agar birinchi usulda diffuzion 
jarayonlarning ahamiyati uncha katta bo’lmasa, sedimentatsion muvozanatda 
nisbatan kuchsiz markazdan qochuvchi maydonlar qo’llanganligi uchun 
moddalarning sedimentatsiya va diffuzion ko’chish tezliklari bir-biriga yaqin 
bo’ladi. Muvozanat paytida bu tezliklar bir-biriga teng bo’ladi va erigan polimer 
moddaning ko’chishi to’xtaydi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin