80
Kvars – kristall, biroq kvars qumi eritilib, so’ngra eritma tez sovutilsa, amorf
kvars shisha hosil bo’ladi.
Metallurgiyada olinadigan temir kristall tuzilishga ega. Biroq, eritmani tez
sovutish usuli bilan amorf temir olinadi. Moddaning
kristall holatini amorf
holatidan farqlovchi asosiy belgisi shundan iboratki, kristall moddalar erish holati
deb ataluvchi muayyan haroratda suyuq holatga o’tadi (eriydi). Amorf holatdagi
modda isitilganda sekin-asta yumshab borib, so’ngra suyuq holatga o’tadi.
Amorf jism ba’zi sharoitlarda o’z-o’zidan ham kristall holatga o’tishi
mumkin. Bunga oltingugurtni misol sifatida keltirish mumkin.
Juda qadimiy
binolar oynasi va eskirib ketgan billur idishlar o’zining yaltiroqlik xususiyatini
yo’qotadi. Bunday shishalarni tekshirish natijasida ularda yaltiroqlikning yo’qolish
sababi mayda kristallarchalarning hosil bo’lishidir.
Amorf jismlarda atomlarning eng yaqin qo’shnilari o’rtasida tartib va
davriylik saqlanadi, uzoqlashgan sari tartib va davriyligi buzila boshlaydi. Qancha
ko’p uzoqlashsa, buzilish shuncha kuchliroq bo’ladi.
Shuning uchun amorf
jismlarning yaqin tartibi saqlangan va uzoq tartib va davriyligi to’la saqlanmagan
qattiq jismlar deb qabul qilingan. Demak materiallar kristall va amorf jismlardan
iborat bo’lib, bir-biridan farq qiladigan xossalarga egadir.
Dostları ilə paylaş: