78
ekstrapolyatsiya qilinib “qovushqoqlik hadi” aniqlanadi:
va
undan molekulyar massani aniqlash uchun foydalaniladi. Hatto zanjirli polimer
molekulalari bukilmas tayoqchalar sifatida harakat
qiladi degan Shtaudinger
taxmini ma’lum darajada to’g’ri bo’lsa ham, lekin bukiluvchan makromolekulalar
uchun bu taxmin butunlay noto’g’ridir, chunki ular juda suyultirilgan eritmalarda
o’rama shaklini qabul qilishga intiladi. Shuni ham aytib o’tish joizki,
ichki
ishqalanish faqat molekula o’lchamiga bog’liq bo’lmay, balki uning shakliga ham
bog’liqdir. Shuning uchun Shtaudinger tenglamasida solishtirma qovushqoqlikni
qovushqoqlik hadiga almashtirilishi (ya’ni,
juda ham suyultirilgan, umuman
makromolekulalar orasida ta’sirlanish bo’lmagan eritmalarga o’tish)
har qanday
polimerning molekulyar massasini hisoblashga kerak bo’lgan aniq tenglamaga olib
kelmaydi. Undan tashqari [ ] qiymat erituvchining sifatiga, ya’ni “yaxshi” yoki
“yomon”ligiga ham bog’liq.