D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

3.4.
 
Polyarizatsion diffuzometr, osmometriya, viskozimetriya. 
Polimerlarning molekulyar massasi va molekulyar-massaviy taqsimlanishi. 
Polimerlarning molekulyar massasini aniqlash usullari.
Polimerlarning 
sintez bo’lishida polimerlanish darajasi har xil bo’lgan makromolekulalarning 
vujudga kelishi ularning hosil bo’lish mexanizmiga bevosita bog’liq bo’ladi. Hatto 
tabiiy polimerlar ham (ba’zi oqsillardan tashqari) molekulyar massasi bo’yicha 
ko’p jinsli bo’ladi. Shuning uchun polimerlarning molekulyar massasi o’rtacha 
statistik qiymatga ega.
O’rta molekulyar polisaxaridlar massasini aniqlashda fizik usullar-
osmometriya, yorug’lik tarqatish va ultrasentrifugirlash qo’llaniladi. Keng 
miqdorda polisaxaridlar fizik xossalari farqlanadi. Ko’pi suvda eriydi, ayrim 
chiziqli polisaxaridlar hujayra devorlari komponentlari bo’lib suvda erimaydi va 
bo’kmaydi ham. 
Osmometrik usul
.
Polimer molekulyar massasini osmometrik usulda aniqlash 
uchun yarim o’tkazgich membrana bilan ajratilgan qismlardan (biri polimer 
eritmasi va ikkinchisi toza erituvchi uchun) iborat asbobdan foydalaniladi. Agar 
polimer eritmasi osmometrda faqat erituvchi molekualarini o’tkazuvchi membrana 
bilan ajratilgan bo’lsa, bunday sistema muvozanatlanmagan hisoblanadi, chunki 


73 
eritmadagi erituvchining kimyoviy potensiali μ toza erituvchidan kichik bo’ladi. 
Agar erituvchining kimyoviy potensiallari qiymatini membrananing ikkala 
tomonida tenglashtirsak, sistema muvozanatlanadi. Bunga polimer eritmasiga 
tashqaridan bosim borib erishish mumkin. Bunday ortiqcha bosim osmotik bosim 
deb ataladi. 
Polimerlarning real eritmalari juda suyultirilganda ham ideallikdan ancha 
uzoq. Shuning uchun ularga quyidagi tenglamani tatbiq qilish mumkin: 
(3.7) 
- Keltirilgan osmotik bosim, С
2
va М

- erigan moddaning konsentratsiyasi 
va molekulyar massasi, А va В - varial koeffitsiyentlar. А koeffitsiyenti 
polimerning molekulyar massasi va makromolekulalar tuzilishiga bog’liq. Eritma 
cheksiz suyultirilganda (3.7) tenglama quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi: 
(3.8) 
ning qiymati tajriba yo’li bilan eritmaning osmotik bosimini bir nechta 
konsentratsiyada o’lchab =f(c) grafigidagi to’g’ri chiziqni cheksiz suyultirilgan 
konsentratsiya (c=0) gacha ekstrapolyatsiya qilib topiladi. Polimer molekulyar 
massasi (3.8) formuladan foydalanib hisoblanadi: 
 
 
 
 
(3.9)
 
Bu usul o`rtacha arifmetik molekulyar massani (3 10

- 2 10
6
gacha) topish 
imkonini beradi, chunki osmotik bosim polimer molekulalari soniga bog’liq. 
Osmometrik usul krioskopik va ebulioskopik usullarga qaraganda ancha 
aniq, ammo yarim o’tkazgich pardalar tayyorlash yetarlicha takomillashmaganligi 
tufayli aniqlik bir muncha pasayadi. 3.20-rasmda osmometr sxemasi ko`rsatilgan. 
Osmometr bir-biridan yarim o’tkazgich parda V orqali ajratilgan ikki qismdan 
(kamera) iborat, bosimni o’lchash uchun xizmat qiluvchi A va B kapillyarlar bilan 
jihozlangan. Kameralarning biriga erituvchi, ikkinchisiga polimer eritmasi 


74 
quyiladi. A va B kapillyarlardagi suyuqlik balandligini o’zgartirmay saqlash uchun 
B kapillyardagi suyuqlikka ko’rsatiladigan tashqi bosim eritmaning osmotik 
bosimiga teng bo’ladi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin