D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


-rasm. Bir yoki ikki o’lchamli xromatografiya



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

3.13-rasm. Bir yoki ikki o’lchamli xromatografiya. 
Ikki o`lchamli xromatogrammalar murakkab aralashmalar tahlilida ishlatiladi. 
Adsorbsion xromatografiya
.
Adsorbent – turg’un faza bo’lib, u katta yuzaga 
ega bo’ladi, erituvchi esa harakatchan faza bo’lib, turg’un faza (adsorbent) orqali 
sizib o’tadi. Xromatografik usulda moddalarni ajratish va analiz qilish erigan


59 
moddalarning ko’p fazali (ko’pincha ikki fazali) sistemalardan o’tganda adsorbent 
sirtiga turlicha yutilishiga asoslangan. Adsorbsion xromatografiya ajratilayotgan 
aralashmadagi tarkibiy qismlarning adsorbsiyalanish xossalaridagi farqlarga 
asoslangan. Ajratilayotgan aralashmadagi moddalar molekulalari adsorbentning 
aktiv yuzasiga yutiladi. Ularning bog’lanish darajalari har xil bo’lganligi uchun 
moddalar har xil tezlikda harakatlanadi. Modda qanchalik yaxshi adsorbsiyalansa, 
uning adsorbent bo’ylab harakatlanish tezligi shuncha sekin bo’ladi va aksincha.
Adsorbsion xromatografiyada ishlatiladigan adsorbentlar erituvchi va 
aniqlanayotgan (ajratilayotgan) moddalar bilan kimyoviy ta’sirlashmasligi, 
erituvchi va aniqlanayotgan (ajratilayotgan) moddalarga katalitik ta’sir 
ko’rsatmasligi va aniq disperslik darajasiga va ma’lum standartga ega bo’lishlari 
kerak. Adsorbent sifatida alyuminiy oksidi, silikagel, poliamid (kapron), 
sellyuloza, kalsiy gidroksid, magniy oksid, gips va boshqalar ishlatiladi. 
Moddalarning adsorbsion xususiyati ularning eruvchanligi va tarkibidagi 
funksional gruppalarning xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Kolonkali xromatografiya
. Xromatografiya metodik xususiyatlari va 
bajarilish texnikasiga ko’ra kolonkali, yupqa qavatli va qog’ozda taqsimlanish 
xromatografiyasiga bo’linadi.
Kolonkali xromatografiya asosan moddalarni aralashmadan miqdoriy 
ajratishda qo’llaniladi. Bu kolonkalardan ion almashinish xromatografiya usulida 
ham foydalanish mumkin. Kolonkalarni adsorbent va ajratilayotgan moddalar 
aralashmasi bilan to’ldirishda ikki usuldan foydalaniladi. Birinchi usul bo’yicha 
tayyorlangan adsorbent kolonkaga oz-ozdan solinib, uchiga rezina kiygizilgan 
tayoqcha bilan to’xtovsiz urib turiladi. Bunda adsorbent zich joylashadi. Ba’zan 
esa elyuyent sifatida ishlatiladigan erituvchi yoki erituvchilar aralashmasi avval 
kolonkaga quyiladi, keyin adsorbent solinib, asta-sekin kolonka tayoqcha bilan 
uriladi. Ikkinchi usul bo’yicha adsorbent elyuyentda suspenziyalanadi va 
kolonkaga solinadi. Suspenziyalanganda havo pufakchalari qolmasligi kerak.


60 
Tayyorlangan 
kolonkaga 
ajratilayotgan 
aralashmaning 
elyuyentdagi 
konsentrlangan eritmasi solinadi. Agar elyuyentda aralashma to’la erimasa, u avval 
yaxshi 
eriydigan 
erituvchida 
eritilib, 
adsorbentning 
minimal 
qismida 
adsorbsiyalanadi, quritiladi va so’ngra kolonkaga solinadi. Bunda modda 
kolonkaning 1/10 qismidan ko’p hajmini egallamasligi kerak. Kolonkaning 
diametri sorbent qatlamining qalinligiga nisbati 1:20 nisbat atrofida, sorbent 
uchidagi bo’shliq kamida 10-15 sm bo’lishi kerak.
Kolonka tayyor bo’lgach, undan tanlab olingan elyuyent o’tkaziladi. Agar 
sorbent qatlamining qarshiligi kichik bo’lsa, elyuyent o’zi o’tadi. Agar sorbent 
qatlamining qarshiligi katta bo’lsa, elyuyent kolonka orqali bosim ostida 
o’tkaziladi yoki vakuum nasosi yordamida so’rib olinadi.
Rangli moddalar ajratilganda, ularning harakati kuzatib boriladi va toza 
holda ajratib olinadi. Rangsiz moddalar ajratilganda kolonkada ajralayotgan 
elyuyent tekshiriladi. Bunda elyuyent bir xil hajmdagi fraksiyalar tariqasida yoki 
bir xil vaqt (0, 20, 25, 30 minut) oralig’ida yig’ib olinadi. Har bir fraksiya yupqa 
qatlamdagi xromatografiya, qog’oz xromatografiyasi, kolorimetrik, potensiometrik 
yoki boshqa usullar yordamida tekshiriladi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin