D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


-rasm. Xromatografiya qurilmasining sxematik tuzilishi



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

3.6-rasm. Xromatografiya qurilmasining sxematik tuzilishi. 
1 - gaz manbai; 2 - mobil fazali oqim regulyatori; 3 - namuna kiritish qurilmasi; 4 - 
ustun; 5 - detektor; 6 - elektr kuchaytirgich; 7 - qayd qiluvchi; 8 - oqim o’lchagich. 
Miqdoriy analiz uchun esa xromatografiyadagi piklar (har bir modda uchun 
tegishli egri chiziq shakli) balandligi yoki yuzasi, detektorning moddaga nisbatan 
sezgirligini nazarga olgan holda o’lchanadi va maxsus usulda hisoblanadi. 
Parchalanmay bug’ holatiga o’tadigan moddalarning analizi va ajratilishi 
uchun ko’pincha gaz xromatografiya ishlatiladi. Bunda elyuyent (gaz tashuvchi) 
sifatida geliy, azot, argon kabi gazlardan foydalaniladi. Sorbent sifatida esa 
(zarralar diametri 0,1-0,5 mm bo’lgan) silikagellar, alyumogellar, g’ovakli 
polimerlar va boshqa ishlatiladi. 
Gaz-suyuqlik xromatografiya uchun sorbent tayyorlashda solishtirma sathi 
0,5 - 5 g/m
2
li qattiq modda yuzasiga qaynash temperaturasi yuqori bo’lgan 
suyuqliklar (uglevodorodlar, murakkab efirlar, siloksanlar va boshqalar) qalinligi 
bir necha mkm parda holida qoplanadi. Kolonkali suyuqlik xromatografiyada 
elyuyent sifatida oson uchuvchi erituvchilar (uglevodorodlar, efirlar, spirtlar), 
qo’zg’almas faza sifatida esa silikagellar, alyumogellar, g’ovakli shisha va boshqa 
qo’llanadi. 
Xromatografiya usulining kashf etilishi tufayli organik kimyo, ayniqsa, 
tabiiy birikmalar kimyosi jadal rivojlandi. Xromatografiya ko’p komponentli 
sistemalarni sifat va miqdoriy analiz qilish, sof holda ajratib olishsa (jumladan, 
sanoat miqyosida) katta ahamiyat kasb etadi. Xromatografiya yordamida nodir 
metallar analiz qilinadi. Sunʼiy tayyorlangan transuran elementlarining ochilishida


55 
ham xromatografiya muhim rol o’ynadi. Xromatografiya yordamida 99-element - 
eynshteyniy (Es), 100-element - fermiy (Fm) va 101-element - mendeleyeviy (Md) 
ajratildi. 
Xromatografiya havo, suv, tuproq, monomerlar tarkibidagi aralashmalarni 
aniqlashda, organik va neft kimyosi sintezi mahsulotlari analizida, dori-darmonlar 
tozaligini aniqlashda, kriminalistikada katta axamiyatga ega. Kosmik kemalar gazi, 
Mars atmosferasi gazi, oy tuprog’idagi moddalarni analiz qilishda ham 
xromatografiya usullari joriy etilgan. 
Xromatografiya yuqori molekulali birikmalar, ayniqsa, inson, hayvon, 
o’simlik, mikroblar dunyosiga tegishli biologik obʼyektlarning analizi uchun 
nihoyatda zarur. Xromatografiya usullari o’simlik tarkibidagi birikmalarni 
aniqlash, ajratib olish, neft, gaz tarkibini o’rganishda keng qo’llanadi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin