3.5-rasm. Qo’shbog’ tutgan polimerlar tsis-(l) va trans-(2) izomerlar shakli. 3.3. Xromotografiya va uning turlari. Yuqori effektiv yupqa qatlamli xromatografiya. Xromatografiya (xromo... va ...grafiya) — gaz, suyuqlik yoki erigan
moddalar aralashmasini adsorbsion usulda ajratish va analiz qilish. Xromatografiya
rus botanigi M.S.Svet tomonidan 1903-yilda kashf etilgan.
1931-yilda Kun va uning shogirdlari xromatografiya yordamida tuxum
sarig’idagi ksantofil, lutein va zeaksantin moddalari hamda
a va
r karotinlarni
ajratishdi.
1941-yilda A.Martin va R.Sing taqsimlash xromatografiyasiga asos soldi va
oqsil, uglerod birikmalarini o’rganishda uning keng imkoniyatlarini ko’rsatib
berdi.
1940-45-yillarda S.Mur va U.Staynlar aminokislotalarni xromatografiya
usulida ajratish va miqdoriy analiz qilishga katta xissa qo’shdi.
1950-yilda Martin va Jeyms gaz, suyuqlik xromatografiyasi usulini ishlab
chiqdi.
Xromatografiya olib borilayotgan muhitga qarab:
gaz
xromatografiya;
gaz-suyuqlik xromatografiya;
suyuqlik xromatografiyalariga.
53
moddalarni ajratish mexanizmiga qarab:
molekulyar (adsorbsion);
ion almashtirgich;
cho’ktirish;
taqsimlash xromatografiyalariga
olib borilayotgan jarayon shakliga qarab:
kolonkali
xromatografiya;
naychali (kapillyar)
xromatografiya;
qog’ozli xromatografiya;
yupqa qatlamli xromatografiyalarga bo’linadi.
Adsorbsion xromatografiya — moddalarning adsorbentda turlicha
sorbsiyalanishi (yutilishi) ga asoslangan;
Taqsimlash xromatografiyasi — aralashma tarkibiy qismi (komponentlari)
ning qo’zg’almas faza (g’ovak sathli qattiq modda yuzasiga o’rnatilgan yuqori
tarzda qaynaydigan suyuq modda) va elyuyentlarda turlicha erishiga;
Ion almashtirgich xromatografiya — harakatsiz faza (ionit) va ajraluvchi
aralashma komponentlari orasidagi ion almashtirish muvozanati konstantalar
farqiga;
Cho’ktirish
xromatografiyasi esa ajratiluvchi komponentlarning qattiq
qo’zg’almas faza ustida turlicha cho’kmaga cho’kishiga asoslangan.
Xromatografiya xromatograf deb ataladigan asbob yordamida amalga
oshiriladi. Analiz vaqtida xromatograf kolonkasiga yuborilgan tekshiriluvchi
moddalar elyuyent bilan birga turli vaqt oralig’ida alohida alohida bo’lib
kolonkaning chiqish tomoniga keladi va maxsus sezgir asbob — detektor
yordamida uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, yaʼni egri chiziq holida
yozib olinadi. Bu xromatogramma deb ataladi.
Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga yuborilgandan to chiqqungacha
bo’lgan vaqti har bir komponent uchun doimiy tarzda bir xil elyuyentda belgilab
olinadi.