2.11-rasm. Mass-spektrometrning ishlash prinsipi. Gaz tarkibini aniqlash uchun ham Mass-spektrometrdan foydalaniladi.
Gazlarni to’liq bug’latish, izotopga ajratish, vakuumda uchqunlantish va ionlar
bilan bombordimon qilish usullari orqali tekshiriladi. Ma’lum miqdordagi moddani
Mass-spektrometr bilan tekshirib, undagi elementlar miqdori nazorat qilinadi,
aniqlanadi va izotoplar olinadi.
Kimyo sanoatida Mass-spektrometr bilan texnologik jarayonlar boshqariladi,
atomning
yuqori qatlamlari tarkibi o’rganiladi, zaryadli zarralarning
to’qnashishidagi jarayonlar kuzatiladi, ximyoviy reaksiyalar kinetikasi tekshiriladi.
Mass-spektrometr yordamida Yer yuqori atmosferasining neytral va ion tarkibi
o’lchanadi (boshqa sayyoralarning atmosferasi tarkibini ham shu usulda aniqlash
mumkin).
Gazning partsial bosimini o’lchaydigan asboblar gazanalizator yoki Mass-
spektrometrlar deyiladi. Deyarli barcha keng qo`llaniluvchi yuqori vakuumli Mass-
44
spektrometrlarning harakat prinsiplari analiz qilinayotgan gazning ionlantirishga
qaratilgan. Bu yerda hosil bo’lgan musbat ionlar har biriga xos ion massasining
uning zaryadiga nisbatiga bo’linadi, yana ionlar massa soni ham deyiladi.
Sochilgan ionlar Mass-spektrometr kollektoriga tushadi va uning zanjirida bosimga
proporsional bo’lgan tok hosil bo’ladi. Shuning uchun Mass-spektrometrlar uchta
asosiy qismdan iborat bo’ladi. Bularga ion manbai, analizator va ion qabul qilgich
kiradi.