2.6-rasm. Suyuq etanolning yaqin IQ-spektri.
Modda orqali o’tgan nurlanish jadalligi I, tushayotgan nurlanish jadalligi I
0
va yutuvchi moddani tavsirlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy aloqa Buger –
Lambert – Berg qonuniga asoslanadi, ya’ni yutilish yo’lagi jadalligini namunadagi
modda konsentrasiyasiga bog’liqligidir. Bunda modda miqdori haqida alohida
yutilish yo’lagi bo’yicha emas, balki to’lqin uzunligining keng oralig’ida butun
spektral egri chiziq bo’yicha mulohaza qilinadi. Agarda komponentlar soni ko’p
(4-5) bo’lmasa, ularning spektri matematik yo’l bilan ajratish mumkin. Miqdoriy
tahlil xatoligi odatda foiz ulushini tashkil qiladi.
Infraqizil spektroskopiyaning strukturasini sifatiy qayd qilish va aniqlashda
qo’llanilish imkoniyatlari. Infraqizil spektroskopiya universal fizik kimyoviy usul
bo’lib, turli xil organik va noorginik birikmalarning strukturaviy o’ziga xosliklarini
tadqiq etishda qo’llaniladi. Usul tadqiq etilayotgan jismdagi atomlar guruhi
tomonidan
infraqil
oraliqdagi
elektr
magnit
nurlanishlarni
yutilishiga
asoslangandir. Yutilish infraqizil yorug’lik kvantlari tomonidan molekulyar
tebranishlarni g’alayonlashishi bilan bog’langandir. Molekulalarni infraqizil
nurlanish bilan nurlantirilganda nafaqat chastotasi valent, molekulalarning
deformatsion va vibratsion tebranishlari chastotasiga mos keluvchi kvantlar
yutiladi.
36
Qattiq jism sirti spektrini qayd qilish uchun buzilgan to’liq ichki akslanish
usuli qo’llaniladi. U moddaning sirt qatlami tomonidan tadqiq etilayotgan sirt bilan
optik kontaktda bo’lgan to’liq ichki akslanish prizmasidan chiqayotgan
elektromagnit nurlanish energiyasini yutilishiga asoslanidi. Infraqizil spetroskopiya
aralashmalarni tahlil qilishda va toza moddalarni aniqlashda keng qo’llaniladi.
Moddalarning aniqlash axborot qidirish tizimi yordamida tadqiq qilinayotgan
spektrini EHM xotirasida saqlanayotgan spektr bilan avtomatik taqqoslash yo’li
bilan amalga oshiriladi. Yangi moddalarni (100 gacha bo’lgan atomdan iborat
bo’lgan molekular) aniqlashda sun’iy zakovat tizimidan foydalaniladi. Mazkur
tizimlarda spektr strukturaviy korreksiya asosida molekulyar struktura
generatsiyalanadi. So’ngra ularning nazariy spektri quriladi. Bu spektrlar tajriba
ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Infraqizil spektroskopiya usuli bilan molekulalar
va boshqa jimlarning tuzilishini tadqiq etish molekulyar model parametrlari xaqida
ma’lumot olishni nazarda tutadi va matematik nuqtayi nazardan teskari spektral
vazifani yechib kelishga olib kelinadi. Bunday vazifalarni yechish spektral egri
chiziqlarning maxsus nazariyasi yordamida hisoblangan, qidirilayotgan parametrni
ketma-ketlikda tajribaviy yaqinlashtirish bilan amalga oshiriladi.
Molekulalar model parametrlari sifatida tizimni tashkil qiluvchi atomlar
massasi, bog’ uzunligi, valent va torsion burchaklar, potensial sirt tasviri (kuch
doimiylari va boshqa), bog’larning dipol momenti va ularning bog’ uzunligi
bo’yicha hosilasi va boshqalar.
Infraqizil spektroskopiya fazoviy va konformatsion izomerlarni aniqlashga,
molekula ichidagi va o’zaro tasirlashuvlarni, kimyoviy bog’ xarakterini,
molekuladagi zaryadlarning taqsimotini, fazoviy o’zgarishlarini, kimyoviy
reaksiya kinetikasini taqdim etishga, qisqa yashovchi (yashash vaqti 10
-6
s gacha
bo’lgan)
zarralarni
qayd
qilishga,
alohida
geometrik
parametrlarni
oydinlashtirishga, termodinamik funksiyalarni hisoblash uchun ma’lumotlarni
olishga imkon beradi.
|