112
hisoblanadi. Ushbu energiyaga mos de-Broyl to’lqin uzunligi kondensirlangan
moddalardagi atomlararo masofalar bilan qiyoslanadi.
Neytronlar bu moddadagi
atomlarning o’zaro joylashishini difraksiya yordamida tadqiq qilishga imkon
beradi. Issiklik neytronlari energiyasining atomlarning
issiqlik tebranishlari
energiyasi bilan qiyoslanishi moddaning dinamik xossalarini o’rganishga imkon
beradi.
Neytronning atomlarning magnit momentlari bilan o’zaro taʼsirlasha
oladigan magnit momenti mavjudligi
atomlarning kattaligini, joylashishini va
magnit momentlarning o’zaro yo’nalishini tadqiq qilishga imkon beradi. Sochuvchi
modda (nishon) sifatida polikristall va monokristallar ishlatiladi. Neytronografiya
yordamida vodorodli birikmalar (xususan,
osh tuzi, organik birikmalar), tartib
raqamlari bir-biridan keskin farq qiluvchi elementlar birikmalari (PbS, ThO
2
, va h.
k.), tartib raqamlari bir-biriga yaqin elementlar birikmalari (Ni
3
Mn va h. k.), bir
elementning maʼlum izotoplaridan tuzilgan birikmalar va boshqa ko’pgina
murakkab birikmalarning tuzilishi o’rganiladi. Birikmalar tuzilishini o’rganish
uchun struktura neytronografiyasi mavjud. Suyuq moddalarni
tahlil qilishda ham
neytronografiya juda qo’l keladi. Bunda tahlil qilinadigan modda solingan idish
devorlaridan neytronlar deyarli susaymasdan o’tadi va
rentgen nurlariga nisbatan
103-104 marta kam yutiladi. Tajribalarning keng temperatura (1 dan 1500 K
gacha) va bosim oralig’ida olib borilishi va boshqa omillar neytronografiya
usulining boshqa usullardan afzalligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: