D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


-rasm. Mustahkamlik chegarasidan so’ng namunada bo’yinchaning hosil



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

5.8-rasm. Mustahkamlik chegarasidan so’ng namunada bo’yinchaning hosil 
bo’lishi. 


124 
Bu holda namuna deformatsiyalanuvchi qismining kichrayishi hisobiga 
sterjenni cho’zish uchun tobora kamroq kuch talab etiladi va nihoyat namuna K 
nuqtada uziladi. Agar tajribani kuchlanish σ
p.ch
. ga yetmasdan to’xtatib namunadan 
kuchni olib tashlasak, (ya’ni yuksizlantirsak) u holda yuksizlanish ham diagramma 
ham shu AO chizig’i bo’yicha orqaga qaytadi. Bu holda namunadan yuk 
olinganidan keyin deformatsiya batamom yo’q bo’lib ketib, sterjen o’zining 
oldingi holatiga qaytadi. Bu sterjenning faqat elastik deformatsiyalanganligini 
bildiradi. 
Agar namuna diagrammaning C va D nuqtalar oralig’ida yotuvchi Z 
nuqtasida yuksizlantirilsa, u holda yuksizlantirish natijasida diagramma OA to’g’ri 
chiziqqa deyarli parallel bo’lgan ZO
1
to’g’ri chiziq bo’yicha orqaga qaytadi. Bu 
holda namuna boshlang’ich o’lchamlariga qaytmaydi, O
1
O
2
kesma elastik 
deformatsiyani, OO
1
kesma qoldiq deformatsiyani, OO
2
to’liq deformatsiyani 
ifodalaydi. Shunday OA
1
yuklanishni topish mumkinki, bunda namuna faqat 
elastic deformatsiyalanib, odatda diagrammaning A
1
nuqtasi A nuqtadan sal 
yuqoriroqda yotadi. Elastiklik chegarasida, ya’ni σ
e
da deformatsiya ε ≈ 0,001-
0,03% ni tashkil qilishi mumkin. 
Odatda A va A
1
nuqtalar shu darajada bir–biriga yaqin bo’ladiki, elastiklik 
chegarasi σ
e
bilan proporsionallik chegarasi σ
p.ch
. ko’p hollarda ustma-ust tushishi 
ham mumkin. Shuning uchun material elastiklik chegarasigacha Guk qonuniga 
bo’ysunadi deb hisoblanadi. Haqiqatda esa proporsionallik chegarasigacha material 
Guk qonuniga σ=E

ε bo’ysunadi deyish to’g’riroq bo’ladi. 
Namuna uchun cho’zuvchi kuchning eng katta qiymati OD ordinataga 
to’g’ri keladi, shuning uchun ko’p hollarda bu kuch buzuvchi yuklanish ham deb 
ataladi, chunki u buzilishning boshlanishiga sababchi bo’ladi, to’la buzilish esa 
diagrammadagi yuklanish K nuqtaga yetganda hosil bo’ladi. Eng katta yuklanish 
hosil qilgan D nuqtadagi kuchlanish mustahkamlik chegarasidagi kuchlanish 

m.ch
.) yoki vaqtinchalik qarshilik ko’rsatuvchi kuchlanish σ
v
deb ataladi. Kam 
uglerodli po’lat uchun σ
m.ch. 
≈ 4000 kg/sm
2
ga teng bo’lishi mumkin. 


125 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin