D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


-rasm. Xvoyli daraxt uchun siqilishda ideallashtirilgan diagramma



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

5.11-rasm. Xvoyli daraxt uchun siqilishda ideallashtirilgan diagramma: 
a) tola bo’yicha siqilganda; b) tolaga ko’ndalang siqilganda. 
Quruq qarag’ay yog’ochi uchun tola bo’ylab siqilishdagi proporsionallik 
chegarasi o’rtacha σ
p.ch.
=350-400 kg/sm
2
, elastiklik moduli E=1,1

10
5
kg/sm
2
ni 
tashkil etadi. Tolalarga ko’ndalang siqishda proporsionallik chegarasi taxminan 
σ
p.ch.
=50 kg/sm
2
ni, elastiklik moduli E=5000 kg/sm
2
ni tashkil etadi. Bu materialni 
tolalari bo’ylab cho’zilishdagi proporsionallik chegarasi, siqilishdagiga nisbatan 
tahminan ikki marta katta. Cho’zilishdagi elastiklik moduli siqilishga nisbatan 
ancha katta, ammo hisoblash ishlarida qarag’ay yog’ochining siqilishdagi 
xarakteristikalari olinadi. 


128 
5.11-rasmdan ko’rinib turibdiki, tolalari bo’ylab siqilish diagrammasi σ

ε 
mo’rt materiallarga xos, tolalarga ko’ndalang siqilish diagrammasi σ

ε esa plastik 
materiallarga xosdir. Tolasimon tuzilishga ega qurilish materiali bo’lgan 
daraxtlarda cho’zilishdagi mustahkamlik siqilishdagiga qaraganda ancha kattaroq 
bo’ladi. 
Destruksiya
(lot. Destruction-parchalanish) — makromolekulalardagi 
kimyoviy bog’larning uzilishi natijasida ularning polimerlanish darajasi yoki 
molekulyar massasining kamayishi bilan kechadigan jarayonlarning umumiy nomi. 
Kimyoviy bog’larning uzilish joyiga qarab destruksiya asosiy va yon zanjirlar 
destruksiyasiga bo’linadi. Destruksiyaga tashqi taʼsirlar (issiqlik, ionlashtiruvchi 
radiatsiya, mexanik kuchlanish, yorug’lik, oksidlovchi muhit, namlik va b.) sabab 
bo’ladi.
Ko’p hollarda destruksiya bir vaqtda bir nechta tashqi taʼsir (mas, issiqlik va 
kislorodli muhit - termooksidlovchi destruksiya) natijasida ro’y beradi. Destruksiya 
jarayonida polimerlarning xossalari o’zgaradi, ular asosida tayyorlangan 
mahsulotlar buziladi. Shu sababli polimerlarni stabillashtirishning turli usullari 
ishlab chiqilgan. Baʼzi hollarda destruksiya jarayoni foydali hisoblanadi. Masalan, 
polivinilatsetatni ishqoriy gidrolizga uchratib polivinil spirt, sellyuloza va 
kraxmalni gidrolitik destruksiyadan foydalanib turli qandlar olinadi. Destruksiya 
polimerlarning kimyoviy tuzilishini aniqlashda ham qo’llaniladi. 
Polimerlar destruksiyasi va uning turlari: Polimer moddalar uzoq vaqt 
ishlatilishi, qayta ishlash va kimyoviy o’zgarishlar vaqtida turli o’zgarishlarga 
uchraydi. Bunday o’zgarishlar natijasida makromolekulaning kimyoviy tarkibi 
deyarli o’zgarmaydi. Makromolekuladagi asosiy bog’lar uzilib, molekulyar 
og’irligi kamayadi, bunday o’zgarishlarni destruksiya deyiladi.
Destruktiv jarayonlar aksariyat vaqtda zararli bo’lib, unga qarshi kurash olib 
boriladi. Ammo ayrim xollarda destruktiv jarayonlar muhim axamiyat kasb etadi. 


129 
Destruksiya qanday ta’sirlar natijasida sodir bo’layotganiga qarab, quyidagi 
turlarga bo’linadi: 
1. Kimyoviy destruksiya – suv, kislota, tuz, kislorod, peroksid va boshqalar; 
2. Fizikaviy destruksiya – issiqlik, yorug’lik, radiatsiya, ultratovush; 
3. Biologik destruksiya – chirish va hokazolar.
Yuqoridagi faktorlar ko’pincha birgalikda kompleks ta’sir etadi.
Geterozanjirli makromolekulalarda boradigan destruktiv jarayonlar ancha yaxshi 
o’rganilgan. Odatda bunday zanjirda yuqoridagi faktorlar ta’sirida zanjir uglerod-
geteratom bog’i bo’yicha uziladi va natijada monomer xosil bo’ladi. Bunday 
reaksiyalar mos ravishda gedromeralkogoliz, atsidoliz va hokazolar deb yuritiladi. 
Karbozanjirli polimerlar kimyoviy destruksiyasi ancha chidamli, ammo fizik va 
biologik destruksiyaga geterozanjirli polimerlardagidan ko’p uchraydi. X/x va q/x 
da polimer moddalardan tobora ko’proq foydalanayotgan xozirgi vaqtda polimerlar 
destruksiyasini o’rganish va unga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish 
muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Odatda bu vazifani hal etishda mexanik, fizik-kimyoviy va kimyoviy 
usullardan foydalaniladi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin