D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


-rasm. Deformatsiyalanish diagrammasi: a) plastik material; b) mo’rt



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

5.6-rasm. Deformatsiyalanish diagrammasi: a) plastik material; b) mo’rt 
material. 
Plastik materiallar uchun σ

ε diagrammasini ko’raylik (5.6-a rasm). 
Bu holda elastiklik moduli 
bo’ladi. 
– elastiklik 
chegarasidagi eng katta kuchlanishni ifodalaydi. Kuchlanishning qiymati 
p.ch 
dan 
ortishi bilan deformatsiya yuklanishdan tezroq o’sadi va diagramma A
1
nuqtagacha 
yuqoriga qavargan egri chiziq ko’rinishini oladi. So’ngra material xarakterida 
keskin o’zgarish yuz beradi va cho’zuvchi kuchning ma’lum bir qiymatida material 
“oqadi”, bu holda deformatsiyaning ortishi uchun cho’zuvchi kuchni oshirmasa 
ham bo’ladi. Diagrammada gorizontal (yoki deyarli gorizontal) qism (B–C) hosil 
bo’ladi.
Yuklanish o’zgarmas (deyarli o’zgarmas) bo’lganda deformatsiyaning 
o’sishi materialning oquvchanligini ifodalaydi va bu holatga to’g’ri keluvchi 
kuchlanish oquvchanlik chegarasidagi kuchlanish deyilib, u σ
oq 
deb belgilanadi. 
Kam uglerodli po’lat uchun σ
oq
≈2400 kg/sm
2
ga teng bo’lishi mumkin. 
Namuna materiali oqayotganda uning sirtida ko’proq yoki kamroq keskin 
ko’zga tashlanadigan darajadagi to’g’ri chiziqlar paydo bo’ladi. Bu chiziqlar 


123 
“Chernov chiziqlari” yoki ba’zi hollarda “Lyuders chiziqlari” deb ataladi (5.7- 
rasm). Bu chiziqlar material yetarli darajada deformatsiyalanganda material 
zarralarining o’zaro harakatlanishi natijasida hosil bo’ladi. 
5.7-rasm. Oquvchanlik chegarasida chiziqlarning hosil bo’lishi.
 
Oquvchanlikdan so’ng (C nuqtadan keyin) material yana cho’zilishga 
qarshilik ko’rsata boshlaydi va Δl ni uzaytirish uchun kuchni oshirishga to’g’ri 
keladi. Diagrammaning D nuqtasida kuchlanish eng katta qiymatga erishib, bu 
material ko’tara oladigan eng katta mustahkamlik chegarasidagi kuchlanishni 
ifodalaydi. Bu vaqtdan boshlab namuna o’zini boshqacha tuta boshlaydi. Shu 
davrgacha cho’zilishda butun sterjen qatnashib, uni uzunligining har bir bo’lagi 
taxminan bir xil uzayib, ko’ndalang o’lchamlari ham bir xil qisqargan edi. 
Yuklanishning qiymati D nuqtadagi qiymatga yetgan vaqtdan boshlab, 
deformatsiya asosan namunaning bir joyiga yig’iladi, ya’ni shu joy atrofidagi 
kichkina bo’lakka katta kuchlanish ta’sir qiladi. Bu holat o’sha joydagi ko’ndalang 
kesimning torayishiga olib kelib, “bo’yin” deb ataluvchi qism paydo bo’ladi. 
 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin