119
Organizm to’qimalarining mexanik hossalari ularning tuzilishiga va tabiatiga
bog’liq. Suyakning biriktiruvchi asosidagi to’qima suyakka elastiklik bersa, undagi
fosfor va kalsiyning asosga shimiluvchi tuzlari qattiq va puxta qiladi.
Suyak
tuzilishini shakllanishi tashqaridan qo’yiladigan yukka moslashgan bo’ladi.
Yumshoq to’qimalar asosan oqsil polimerlardan tuzilgan bo’lib, yuqori
elastikligi va yopishqoqligi bilan farq qiladi. Bu
xususiyat deformatsiyaning
oshishiga olib keladi. Bunday jismlar elastomerlar deyiladi,
ular Guk qonuniga
bo’ysinmaydi.
Egilish metodi bilan sterjinning elastiklik modulini aniqlash mumkin.
Sterjen qattiq tayanchga o’rnatilib, uninig o’rtasiga ma’lum og’irlikka ega bo’lgan
toshlar yuklatiladi. (5.3-rasm). Toshlar kuch sifatida ishlatiladi va uning ta’sirida
egilish deformatsiyasi ro’y beradi. Bu holda deformatsiya kattaligi λ “egilish o’qi”
bilan, ya’ni sterjenga ta’sir etuvchi kuchning qo’yilish nuqtasi siljiydigan masofa
bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: