Fizik destruksiya.
Polimerlar faqatgina oksidlovchilar, kislotalar, ishqorlar
ta’sirida emas, balki turli fizik faktorlar ta’sirida xam destruksiyaga uchraydi.
Yorug’lik, radiatsiya, mexanik, issiqlik va ultrotovush energiyalari kabi fizik
energiya xam makromolekulalardan quyimolekulyar ham foydali, ham zararli
131
bo’lishi mumkin. Polimerlarning olinishi, qayta ishlanishi va ekspluatatsiyada fizik
destruksiya albatta maqsadga muvofiq emas. Polimerlarning fizik destruksiyasi
amalda polimer birikmalarining tuzilishini tekshirishda va ayniqsa turli
polimerlarni qayta ishlashda qo’llaniladi. Keyingi vaqtlarda mexanik destruksiya
sellyuloza materiallarini qayta ishlashda qo’llanilmoqda. Bunda sellyulozaning
molekulyar og’irligi ma’lum darajagacha kamayadi va uning zich uchastkalari
buziladi. Natijada sellyulozaning eterefikatsiyasi, gidroliz reaksiyalariga qobiliyati
ortadi.
Polimerlarning fizik destruksiyasi payvand va blok sopolimerlar sintez
qilishda qo’llanilmoqda. Makromolekulaning - “kreking”igida hosil bo’lgan
makroradikallar bilan boshqa monomer yoki polimerning o’zaro ta’sirlashuvi
natijasida payvand va blok sopolimer hosil bo’ladi.
Polimerlarning fizik destruksiyasi uch bosqichdan iborat zanjirsimon
jarayondir. Birinchi bosqichda aktiv markazlar hosil bo’ladi, ikkinchi bosqichda
zanjir o’sadi va uchinchi bosqichda uziladi. Polimerlarning fizik destruksiyasini
o’rganish va uning oldini olishni bilish, sintez sharoitlari to’g’ri tanlashga hamda
polimer materiallarini qayta ishlash va undan to’g’ri foydalanish yo’llarini topishga
imkon beradi.
5.2.
Uzish mashinalari, zarbali qovushoqlik, qovushoq parchalanish,
mexanik anizotropiyani aniqlash usullari
.
Qovushoq-oquvchan holati.
Qovushoq-oquvchan holat yoqori molekulyar
moddalar uchun asosiy fizikaviy holatlardan biri hisoblanadi. Bu holat
polimerlarda mexanik kuch ta’siri ostida qaytmas deformatsiyaning, ya’ni oqish
hodisasining kuzatilishi bilan xarakterlanadi.
Oqish - bu makromolekulalarning issiqlik harakati tufayli bir-biriga nisbatan
fazoda
geometrik
siljish
jarayonidir.
Qovushoq-oquvchanlik
deganda
kristallanadigan
polimerlarning
suyuqlanmalari,
qovushoq-oquvchanlik
haroratidan yuqori holatda bo’lgan amorf polimerlar suyuqlanmasini, shuningdek
132
polimer eritmalari va dispersiyalarining oqishini tasavvur qilishimiz kerak.
Polimerlarning
qovushoq-oquvchan
holatdagi,
reologik
xossalarini
shu
polimerning kimyoviy tarkibi va strukturasi bilan bog’liq ekanligini nazarda tutib
o’rganish polimerlarni fizik-kimyosi kursining, shuningdek, hozirgi zamon fan va
texnika taraqqiyotining dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi. Chunki, ko’pgina
polimerlarning qayta ishlash jarayonlari ularning qovushoq-oquvchan holatida
amalga oshiriladi. Oquvchan jismlarning eng asosiy xarakterlovchisi uning
qovushoqligidir.
Odatda quyi molekulyar suyuqliklarni Nyuton suyuqliklari deyiladi. Bunday
suyuqliklarni siljish tezligi tashqi kuch ta’siriga to’g’ri proporsional bo’ladi.
Oqayotgan suyuqlikning qovushoqligi esa, deformatsiya sharoitiga bog’liq
bo’lmay, doimiy bir xildaligicha qoladi. Polimerlar esa qovushoq-oquvchan
holatda Nyuton qonuniga
bo’ysunadi. Bunda qovushoqlikning anomal effekti
kuzatiladi, yoki boshqacha aytganda oqish jarayonida polimer suyuqlanmalari va
eritmalarining qovushoqligi doimiy bo’lmasdan siljish tezligi oshishi bilan
kamayadi.
Qovushoqlikning bunday anomalligi polimerlarning oquvchan holatini
asosiy xususiyatlaridan biridir. Umunan olganda polimer suyuqlanmalarining
qovushoqligi ularning oqish sharoitiga qarab 1000 martagacha kamayishi mumkin.
Polimerlarda molekulyar massaning taqsimlanishi qovushoqlikning anomalligiga
kuchli ta’sir ko’rsatadi. Polimerni polidispersligi qanchalik yuqori bo’lsa,
qovushoqlik oqish jarayonida shinchalik ko’p kamayadi. Monodispers
polimerlarda
qovushoqlikning
anomal
effekti
kuzatilmaydi.
Ularning
suyuqlanmalarining oqishi Nyuton suyuqliklaridek bo’ladi.
Qovushoqlikning anomal effekti molekulyar massasi kichik bo’lgan
polimerlarda
kuzatilmasligi
mumkin.
Masalan,
quyidagi
polimerlarda
qovushoqlikning anomal effakti sodir bo’lishi uchun ularning molekulyar massasi
polietilenda 9·10
3
, polistirolda taxminan 4·10
4
, poliizobotilenda 1,7·10
4
,
polimetilmetakrilatda 4·10
5
, tabiiy kauchukda esa 5·10
5
u.b.dan katta bo’lishi
133
kerak. Aks holda bu polimerlarda anomal effekt sodir bo’lmaydi. Polimerlarning
plastik deformatsiya davrida harorat qovushoqlikka turlicha ta’sir etadi. Agar
polimer suyuqlanmasining harorati T (T
sh
-120
0
) bo’lsa, u holda qovushoqlik
quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
(5.9)
bunda
A-konstanta;
E
akt
-qovushoq oquvchanlikning faollanish energiyasi;
R-universal gaz doimiyligi.
Biror polimer gomologik qator uchun bug’lanish issiqligi orqali qovushoq-
oquvchanlikning faollik energiyasi aniqlangan bo’lsa, keltirilgan tenglik shu
gomologik qatorning dastlabki a’zolari uchungina to’g’ri keladi. Polimerlanish
darajasi ortib borishi bilan tenglik buziladi va qovushoq-oquvchanlik faollik
energiyasi bug’lanish issiqligining ¼ qismidan ancha kichik bo’lib qoladi.
Molekulyar massa kattalashgach, qovushoq-oquvchanlik faollik energiyasining
polimerlanish darajasiga bog’liqligi kamayadi. Bu hol makromolekula oqishi
jarayonida u bir joydan ikkinchi joyga ko’chmasligini, bunda harakatlarining juda
ko’p marta takrorlanishi natijasida sodir bo’ladi.
Qovushoq-oquvchanlik
faollanish
energiyasi
qiymati
yordamida
makromolekulaning
biror
segmenti
harakatini
aniqlash
va
shundan
makromolekula-egiluvchanligi qiymatini topish mumkin. Ma’lumki, qovushoq-
oquvchanlikning faollanish energiyasi qancha katta bo’lsa, segment shuncha katta
va makromolekulasining zanjirli tuzilishi ham oqish vaqtida ro’y beradigan
deformatsiyaga ta’sir qiladi. Polimer oqayotganda makromolekulalar to’g’rilanadi.
Binobarin, oqish jarayonida vujudga keladigan xarakterli qaytar deformasiya
yuqori elastik deformatsiya bilan birga namoyon bo’ladi.
Polimerlarda kimyoviy oqish ham kuzatiladi. Polimer qovushoqligi juda
katta bo’lganda oqish jarayonida makromolekulaning harakati qiyinlashadi.
134
Buning natijasida makromolekula mexanik kuchlanishga ega bo’lib qoladi.
Mexanik kuchlanish ta’sirida esa makromolekuladagi ayrim kimyoviy bog’lar
uzilib, radikallar hosil bo’lishi kuzatiladi. Hosil bo’lgan radikallar segmentlarga
nisbatan kichik bo’ladi. Makroradikallar o’ta faol hamda harakatda bo’lgani
sababli o’zaro birikib turli xil makromolekulalar hosil qila olishi mumkin. Bu
jarayonlar polimerlarning kimyoviy oqishi mexanizmi orqali tushuntirila oladi.
Polimerlarning yuqorida aytib o’tilgan 2 oquvchan ko’rinishi bir vaqtda
sodir bo’ladi, ammo ularning o’zaro nisbatlari bir xil emas. Bunday nisbat
polimerning qayishqoqligiga bog’liq. Agar polimerda qovushoqlik nisbatan katta
bo’lmasa, oqish vaqtida makromolekulada bog’lar uzilmaydi va demak, kimyoviy
oqish sodir bo’lmaydi. Polimer qovushoqligining ortishi bilan ularda kimyoviy
oqish ko’paya boradi. Bu esa ularning struktura tuzilishida qisman o’zgarishlarga
olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |