D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


VI BOB. TERMIK XOSSALAR VA USULLAR



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

VI BOB. TERMIK XOSSALAR VA USULLAR.
6.1.
 
Teplofizik jarayonlar va fazaviy o’tishlar. 
Biz suyuq gazsimon holatlarning qattiq holatga o’tishi, ya’ni kristallanish va 
aksincha o’tish, erish va qaynashni bilamiz. Suyuqlikning bug’ga o’tishini -
bug’lanishni va aksincha o’tish - kondensatsiyani ham bilamiz. Bu barcha fazaviy 
o’tishlarda jism yoki tegishli o’tishning yashirin issiqligi (erish isiqqligi
bug’lanish issiqliki va h.k) sifatida energiya ajratadi yoki energiya yutadi. 
Energiyaning yoki energiya bilan bog’liq bo’lgan boshqa kattaliklar, 
masalan, zichlikning sakrashsimon o’zgarishi bilan boradigan fazaviy o’tishlar 
birinchi tur fazaviy o’tishlar deb ataladi. Birinchi tur fazaviy o’tishlar uchun 
modda xossalarining sakrashsimon, ya’ni juda qisqa temperaturalar intervalida 
o’zgarishi xarakterlidir. Binobarin, aniq o’tish temperaturasi yoki o’tish nuqtasi 
haqida, masalan, qaynash nuqtasi, erish nuqtasi va hokazo haqida gapirish 
mumkin. Fazaviy o’tishlar temperaturalari tashqi parametr - 
p
bosimga bog’liq; 
berilgan temperaturada o’tish sodir bo’ladi. Fazaviy muvozanat chizig’i bizga 
ma’lum bo’lgan Klapeyron-Klauzius tenglamasi bilan ifodalanadi: 
(6.1)
bu yerda, L - o’tish molyar issiqligi, V
1
va V

har ikkala fazaning molyar hajmlari. 
Birinchi tur fazaviy o’tishlarda yangi faza birato’la butun hajmda paydo 
bo’lmaydi. Dastlab yangi fazaning markazlari hosil bo’lib so’ngra ular o’sib butun 
hajmga tarqaladi. Markazlarning hosil bo’lish protsessi bilan suyuqlikning 
kondensatsiyasida duch kelgan edik. Kondensatsiya uchun chang zarralari, ionlar 
va hokazo ko’rinishida kondensatsiya markazlari bo’lishi zarur. Xuddi shuningdek, 
suyuqlikning qotishi uchun kristallanish markazlari bo’lishi zarur. Bunday 
markazlar bo’lmaganida bug’ va suyuqlik o’ta sovigan holatda bo’lishi mumkin. 
Masalan, 10°C temperaturada ham, agar suv toza bo’lsa, uzoq muddat 
muzlamasligini kuzatish mumkin. Biroq shunday fazaviy o’tishlar ham bo’ladiki, 
ularda aylanish butun hajmda kristall panjaraning uzluksiz o’zgarishi, ya’ni 
panjarada zarralarning o’zaro qayta joylashishi natijasida darhol ro’y beradi. Bu 


137 
ma’lum temperaturada panjara simmetriyasining o’zgarishi, masalan, past 
simmetriyali panjaraning yuqori simmetriyali panjaraga aylanishiga olib kelishi 
mumkin. Bu temperaturada fazaviy o’tish ikkinchi tur fazaviy o’tish deb ataladi. 
Ikkinchi tur fazaviy o’tish sodir bo’ladigan bu temperatura Kyuri nuqtasi deb 
ataladi. Bu birinchi marta ferromagnetiklarda ikkinchi tur fazaviy o’tishlarini kashf 
qilgan olim Per Kyuri sharafiga shunday deb atalgan. Holat bunday uzluksiz 
o’zgarganida o’tish nuqtasida ikki turli fazaning muvozanati bo’lmaydi, chunki 
o’tish butun hajmda birdaniga sodir bo’ladi. Shuning uchun o’tish nuqtasida U 
ichki energiyaning sakrashi ham ro’y bermaydi. Demak, bunday o’tishda o’tish 
yashirin issiqligining ajralishi ham ro’y bermaydi. Biroq o’tish nuqtasidan yuqori 
va past temperaturada modda turli kristall modifikatsiyali bo’lgani uchun ularning 
issiqlik sig’imi turlicha bo’ladi.
Demak, fazaviy o’tish nuqtasida issiqlik sig’imi, ya’ni ichki energiyadan 
vaqt bo’yicha olingan hosilasi 
sakrashsimon o’zgaradi. Garchi o’tish nuqtasida 
hajmning o’zi o’zgarmasada, hajmiy kengayish koeffitsienti 
sakrash bilan 
o’zgaradi. 
Shunday ikkinchi tur fazaviy o’tishlar ham borki, ularda holatning uzluksiz 
o’zgarishi kristall strukturasining o’zgarishini bildirmaydi, biroq bu o’tishlarda 
holat birdaniga butun hajmida o’zgaradi. Bunday tur o’tishlarning eng mashhuri 
moddalarning ferromagnit holatdan ferromagnit bo’lmagan holatga o’tishidir,
bunday o’tish Kyuri nuqtasi deb atalgan temperaturada sodir bo’ladi; ba’zi 
metallarning normal holatda o’ta o’tkazuvchan elektr qarshiligi yo’qoladi. Ikkala 
holda ham o’tish uzluksiz va birdaniga butun hajmda o’zgaradi. Suyuq geliyning 
Ne I holatdan Ne II holatga o’tishi ham ikkinchi tur o’tishga misol bo’ladi. Bu 
barcha hollarda o’tish nuqtasida issiqlik sig’imining sakrashi kuzatiladi. Shu 
munosabat bilan ikkinchi tur fazaviy o’tish temperaturasi ikkinchi nomga ega 
bo’lib, unga Kyuri nuqta deb ataladi. Fazaviy o’tishlarning qanday bo’lishini endi 
batafsilroq ko’raylik. Fazaviy aylanishlarda asosiy rolni fizikaviy kattaliklarning 
fluktuatsiyalari o’ynaydi.


138 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin