153
Yarimo’tkazgich — kichik energiya tirqishiga ega bo’lgan dielektrik.
Issiqlik harakati elektronlarni erkin zonaga (uni to’lgan valent zonadan farqli
ravishda o’tkazuvchanlik zonasi deyiladi) “uloqtirib” chiqargandan so’ng, u yerda
ular elektr maydonda tezlashadi. Shu sababli, odatda yarimo’tkazgichlar
temperaturaga keskin bog’liq bo’lgan kichik o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi.
Yarimo’tkazgich o’tkazuvchanligiga, shuningdek, maxsus kirishmalar kiritish
orqali ta’sir ko’rsatish mumkin. Yarimo’tkazgich kristallar murakkab elektron
yarimo’tkazgich asboblar, jumladan integral sxemalar deb ataladigan asboblar
yaratish imkonini beradi. Hozirgi paytda shunday integratsiya darajasiga
erishilganki, millionlab alohida elementlar 1
yuzada joylashishi mumkin.
Bunday qurilma xuddi yagona kristallni hosil qiladi va shuning uchun ham
texnikaning yangi sohasini bejiz qattiq jism elektronikasi deyishmaydi.
Qattiq jism qanchalik murakkab tuzilgan bo’lsa, kollektiv effektni oshkor
qilish shunchalik qiyindir. Organik qattiq jismlar, ayniqsa, murakkab tuzilgan
bo’lsalarda, ularda ham muayyan struktura mavjud. Bu yerda tartiblanish qanday
vujudga keladi — u qanday kollektiv xossalarga olib keladi, bu savollar hali
javobini kutadi. Biroq jonli tabiat sirlarini tushunib olishning kaliti aynan shu
yo’lda yotganligi ayondir.
Dostları ilə paylaş: