160
manbaning elektr maydonida oladigan energiyasi esa
eV. Sathdan
sathga o’tishning osonligi elektronning erkin harakatini bildiradi.
Yarimo’tkazgichlar va izolyatorlarda to’ldirilgan energiya zonasini bo’sh
zonadan kengligi bir necha elektronvoltga yetadigan energiya tirqishi taqiqlangan
zona ajratib turadi. Bu taqiqlangan zona orqali elektronlar issiqlik energiyasi
hisobiga o’tib ketishi mumkin. Temperatura ortishi bilan bunday o’tishlar ehtimoli
ortadi. Shuning uchun temperatura ko’tarilgan sari yarimo’tkazgichlar va
dielektriklarning o’tkazuvchanligi oshadi, bu ularning metallardan muhim farqidir.
Izolyatorlar va yarimo’tkazgichlarning hir-biridan farqi quyidagicha: izolyatorlarda
taqiqlangan
zona
yarimo’tkazgichlardagidan
keng.
Bundan
tashqari,
yarimo’tkazgichlarda kirishma o’tkazuvchanligi muhim rol o’ynaydi, bu holda
yarimo’tkazgichning kristall panjarasiga kirib olgan kirishma atomlari tufayli
taqiqlangan zonada qo’shimcha sathlar paydo bo’ladi.
Metallarda solishtirma qarshilik (odatda, xuddi shu kattalik bilan qattiq
jismning o’tkazuvchanlik xossalari xarakterlanadi) xona temperaturasida
Ω*m dan (kumushda)
Ω*m gacha (vismutda) oraliqda
bo’ladi. Yarimo’tkazgichlar turkumiga solishtirma qarshiligi
dan
Ω*m
gacha bo’lgan materiallar kiradi. Izolyatorlar
Ω*m gacha solishtirma
qarshilikka ega bo’ladi. SI da o’tkazuvchanlik siemens (Sm) birliklarda o’lchanadi.
Dostları ilə paylaş: