D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


O’rinbosar va suqilma qattiq eritmalar



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

O’rinbosar va suqilma qattiq eritmalar.
 
Kirishma atomlar kristall 
panjarasida tugunlardagi asosiy atomlar o’rniga o’tirib oladi (bunday kirishmani 
o’rinbosar qattiq eritma deyiladi) yoki ular panjara tugunlari orasiga joylashadi 
(bunday kirishmani suqilma qattiq eritmalar deyiladi). Bu ikki holni geometrik va 
elektrokimyoviy omillar aniqlaydi. 
 
O’rinbosar kirishmalar hosil bo’lishi uchun kirishma atomi radiusining 
asosiy atom radiusidan farqi l5% dan oshmasligi, asosiy va kirishma atomlar 
elektrokimyoviy jihatidan o’xshash bo’lishi zarur (keyingi shartning ma’nosi: 
mazkur ikki xil atomlarning valent qobig’idagi elektronlar soni teng yoki ± 1 qadar 
farqlanishi kerak).
Suqilish kirishmalari hosil bo’lishi uchun kirishma atomi radiusning asosiy 
atom radiusiga nisbati 0,59 dan kichik bo’lishi zarur. Miqdoriy shartlar tajriba yo’li 
bilan topilgan. Har bir kirishma atom o’zi turgan joy atrofida panjara davriyligini 
buzadi va elektron (kovak) uchun mahalliy sathlar hosil qiladi, bu sathlar 
kirishmalar zichligi uncha katta bo’lmagan ta’qiqlangan zonada joylashgan bo’ladi. 
Ko’p bosqichli tozalashdan so’ng yarimo’tkazgich moddada qoldiq kirishmalar 
turlari va miqdorlarini aniqlab olish mumkin, ammo eng muhimi - muayyan 
maqsadni nazarda tutib tegishlicha tanlangan boshqa elementlar atomlarini istalgan 
miqdorda va ma’qul usul bilan yarimo’tkazgichga kiritishdir. Ana shu muammoni 
hal qilingandan so’ng yarimo’tkazgichlar elektronikasi juda tez rivojlana 
boshlaganini ta’kidlaymiz. 
Yarimo’tkazgichlarga kirishmalar kiritish legirlash yo’li bilan ularning elektr 
o’tkazuvchanligini va boshqa xossalarini o’zgartirish mumkin. Yarimo’tkazgich 
monokristallini suyulmalardan hosil qilish jarayonida suyulmaga istalgan boshqa 


165 
moddalar atomlari kiritiladi. Bunda monokristall hajmida kirishmalarning tekis 
taqsimlanishini ta’minlaydigan choralar qo’llaniladi. Biz endi elektronika 
sanoatida keng qo’llanadigan usullar to’g’risida qisqacha ma’lumot beramiz. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin