D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


Doimiy va o’zgaruvchan magnit maydonlari



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

Doimiy va o’zgaruvchan magnit maydonlari.
 
Ferromagnetiklarning 
magnitlanishi.
 
Agar vaqt o’tishi bilan magnit induksiyasi o’zgarmasa, magnit 
maydonini doimiy deyiladi. Bunday maydonni o’zgarmas tok vujudga keltiradi. 
O’zgaruvchan tok vaqt bo’yicha qiymati va yo’nalishi o’zgarib turadigan 
o’zgaruvchan magnit maydonini vujudga keltiradi. O’zgaruvchan magnit 
maydonida ferromagnit moddalar yordamida jarayonlar vujudga keladi, qaysiki 
oqibati magnit gisterezis va gisterezisdagi isroflar hisoblanadi. Bunga kengroq 
to’xtalib o’tamiz. Moddlarning magnit xossalarini o’rgana borib, keng ko’lamdagi 
materiallar sinifini ajratdik, qaysiki ular o’zlari joylashgan magnit maydonini 
birdaniga ortirish xossasiga ega. Bunday moddalar ferromagnit moddalar 
(ferromagnetik)lar degan nomni oldi, shunday qilib ularning maxsus xossalari 
birinchi marta temirda aniqlangan.
Hozirgi zamon texnikasida ferromagnit materiallar muhim rol o’ynaydi. 
Elektr generatorlar, dvigatellar, transformatorlar tayyorlash uchun har yili 
millionlab tonna elektrotexnik po’lat sarflanadi. Zamonaviy radiotexnika ham 
ferromagnit materiallarsiz ish yurita olmaydi. Ferromagnit materiallar yuqori 
tezlikda operatsiyalarni bajaradigan hisoblash mashinalari, tovush yozish 
texnikasida, nozik signallarni kuchaytirish texnikasida keng qo’llanilmoqda. Katta 
quvvatli ko’p qirrali magnitlar mikrodunyoni o’rganadigan muhim quroli 
hisoblangan elementar zarralar tezlatgichlarining asosini tashkil etadi. Ferromagnit 
moddalarning xossalari o’z-o’zidan magnitlangan soha – domenlar va tashqi 
maydonda bu sohalarning orientasiyalanishiga bog’liq. Ferromagnit materiallarda 
magnit maydon induksiyasi va kuchlanganliklari orasidagi bog’lanish chiziqli 
qonunga bo’ysinmaydi, analitik tasvirlash qiyin bo’lgan murakkab shaklga ega. Bu 
bog’lanish birinchi marta taniqli rus olimi A.G. Stoletov tamonidan o’rganilgan va 


170 
grafik ko’rinishidagi tasviri magnit gisterezis halqasi nomini olgan dan ko’rinadiki, 
magnit kuchlanganligining bir xil qiymatiga materialning magnitlanish yoki 
magnitsizlanishiga bog`liq magnit induksiyasining har xil qiymatlari mos keladi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin