171
7.6-rasm. Gisterezis magnitlanish egri chizig’i.
Ensiz gisterezis halqasiga ega bo’lgan materiallarga
yumshoq magnit
materiallar deyiladi. Keng gisterezis halqasiga ega bo’lgan qattiq magnit
materiallar
doimiy magnitlar yasashda, magnit tovush yozish uchun lentalarda
hisoblash texnikasida va h. k. qo’llaniladi. Ko’p hollarda
gisterezis halqasining
shakli muhim rol o’ynaydi. To’g’ri burchakli halqaga ega bo’lgan materiallar keng
qo’llanilmoqda. Yumshoq magnit matariallar qatoriga kiradi: elektrotexnik po’lat,
elektrolitik temir, permalloy, cho’yan. Qattiq magnit materiallardan kobaltli po’lat,
platino-temir va platino-kobalt qotishmalari, shular qatorida alni, alniko, magniko
tipidagi qotishmalar ham keng tarqalmoqda.