7.5-rasm. Gisterezis halqasi.
B=f(H) bir qiymatlimas funksiya va magnit gisterezis namoyon bo’ladi,
ferromagnit moddada magnit induksiyasining moddaning oldingi magnit
holatlaridan kelib chiqadigan kuchlanganlikning berilgan qiymatlariga bog’liq
hodisasi tushuniladi. Ferromagnit material magnitlanishida domenlar tashqi
maydon kuch chiziqlari bo’yicha orientasiyalanadi (buriladi). Tashqi magnit
maydon kuch chiziqlarining yo’nalishi o’zgarganda (modda qayta magnitlanganda)
domenlarning orientasiyasi o’zgaradi. Ma’lumki, domenlarning burilishi uchun
energiya sarf bo’ladi. Bu energiyaga gisterezisdagi isrofi deyiladi. Gizterezisdagi
isrof qancha katta bo’lsa, qayta magnitlanish chastotasi shuncha katta va magnit
material. Og’irligi shuncha katta bo’lishini tushunish qiyin emas. Batafsil
tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, gisterezisdagi isrof yana gisterezis xalqasi yuziga
proportsionaldir. Elektr mashina va transformatorlarda gisterezisdagi isrofnni
kamaytirish maqsadida gisterezis halqasi shunda ensiz, ya’ni grafikda xalqaning
ikki tarmog’i qarib ustma-ust tushadigan materiallarni qo’llaydi. Bunday hollarda
material o’rtacha namuna egri chizig’i bilan xarakterlanadi, bunga magnitlanish
egri chizig’i deyiladi.
171
7.6-rasm. Gisterezis magnitlanish egri chizig’i.
Ensiz gisterezis halqasiga ega bo’lgan materiallarga yumshoq magnit
materiallar deyiladi. Keng gisterezis halqasiga ega bo’lgan qattiq magnit
materiallar doimiy magnitlar yasashda, magnit tovush yozish uchun lentalarda
hisoblash texnikasida va h. k. qo’llaniladi. Ko’p hollarda gisterezis halqasining
shakli muhim rol o’ynaydi. To’g’ri burchakli halqaga ega bo’lgan materiallar keng
qo’llanilmoqda. Yumshoq magnit matariallar qatoriga kiradi: elektrotexnik po’lat,
elektrolitik temir, permalloy, cho’yan. Qattiq magnit materiallardan kobaltli po’lat,
platino-temir va platino-kobalt qotishmalari, shular qatorida alni, alniko, magniko
tipidagi qotishmalar ham keng tarqalmoqda.
|