D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

oquvchanlik chegarasi
deb ataladi va σ
o
yoki σ
oq
bilan belgilanadi.


146 
Eng katta kuchlanish metallning sinish (ajralish) paytiga to’g’ri keladi. Bu 
xarakteristika, ko’pincha, sinishga ko’rsatiladigan qarshilik deb ataladi.
Metallar tashqi kuch ta’sir ostidagina emas, balki hajm o’zgarishlari bilan 
bog’liq bo’lgan faza o’zgarishlaridan vujudga kelgan ichki kuchlanishlar ta’siri 
ostida ham plastik deformatsiyalanadi.
Plastik deformatsiya protsessini tekshirishda metallning monokristallaridan 
foydalanish ancha qulay. Plastik deformatsiya protsessini tekshirish natijasida, bu 
protsessning sirpanishi bilan borishini aniqlanadi.
Deformatsiya kuchsizroq bo’lganda dastlab siljish yo’nalishiga nisbatan eng 
qulay joylashgan tekisliklardagi atomlar sirpana boshlaydi, deformatsiya kuchaya 
borgan sari boshqa tekisliklardagi atomlar ham sirpanadi. Shunday qilib, plastik 
deformatsiya protsessi butun monokristal bo’ylab birin-ketin tarqaladi.
Metallning 
silliqlanib, 
so’ngra 
yaltillagan 
namunasini 
plastik 
deformatsiyalab, atomlarning sirpanish izlarini ko’rish mumkin: bu izlar sirpanish 
chiziqlari tarzda bo’ladi. Agar deformatsiya atomlarining ikkilanishi yo’li bilan 
borsa, metall namunasining mikroskopik tuzilishida ikkilangan plastinkalar paydo 
bo’ladi.
Rekristallanish temperaturasi (rekristallanishning eng kichik temperaturasi) 
har xil metallar uchun turlicha bo’ladi. Masalan, misning rekristallanish 
temperaturasi -270
o
C, temirniki - 450 
o
C, nikelniki - 600 
o
C, alyuminiyniki -500 
o
C, volfaramniki -1200 
o
C, qalay, qo’rgoshin va oson suyuqlanuvchi boshqa 
metallarniki esa normal temperaturadan past bo’ladi. Rekristallanish temperaturasi 
bilan suyuqlanish temperaturasi orasida quyidagi boglanish bor: T
rek
= aT
suyuq
.
Bu yerda T
rek
- rekristallanish absolyut temperaturasi: T
suyuql
. - suyuqlanish 
absolyut temperaturasi, a- metallning tozaligiga bog’liq koeffitsent.
Metall qanchalik toza bo’lsa, bu metallning rekristallanish temperaturasi 
shunchalik past bo’ladi. Odatdagi texnik tozalikdagi metallar uchun a=0,3/0,4. 
Qotishmalarning rekristallanish temperaturasi, odatda, toza metallarnikidan yuqori 
bo’ladi va ba’zi hollarda suyuqlanish temperaturasining 0,8 xissasiga tenglashadi 
(T
rek
= 0,8 T
suyuql.
), aksincha, juda toza metallarning rekristallanish temperaturasi


147 
ancha past, ya’ni suyuqlanish temperaturasining 0,2 va, xatto, 0,1 ulushga teng 
bo’ladi. a koeffitsentdan foydalanib metall va qotishmalarning rekristallanish e 
hisoblab topish qiyin emas. Masalan, tarkibida 0,5% uglerod bo’lgan po’latning 
suyuqlanish temperaturasi taxminan 1500
o
C ga teng, uning rekristallanish 
temperaturasi T
rek
= 0,8*1500=1200
o
C bo’ladi.
Rekristallanish temperaturasi deformatsiya darajasiga ham bog’liqdir: 
deformatsiya darajasi qanchalik katta bo’lsa, metallarning ichki tuzilishi 
shunchalik mayda, sturkturaning barqarorligi shunchalik kam bo’ladi va demak, 
barqarorroq holatni olish uchun shunchalik ko’p intiladi. Binobarin, deformatsiya 
darajasining katta bo’lishi rekristallanishni osonlashtiradi va rekristallanish 
temperaturasini pasaytiradi. 
Rekristallanish temperaturasining amaliy ahamiyati g’oyat katta. Masalan, 
plastik deformatsiyalangan metallning deformatsiyadan oldingi strukturasini 
tiklash uchun bu metallni rekristallanish temperaturasidan yuqori temperaturagacha 
qizdirish kerak. Bu protses rekristallizatsion yumshatish deb ataladi.
Rekristallanish temperaturasidan yuqori tempraturalarda sodir bo’ladigan 
plastik deformatsiya natijasida metall kristall panjarasidagi atomlar siljisa va metall 
puxtalansada, ammo shu temperaturalarda bo’ladigan rekristallanish protsessi bu 
puxtalikni yo’qotadi.
Metallarga rekristallanish temperaturasidan yuqori temperaturada ishlov 
berish qizdirib bosim bilan ishlash deb, rekristallanish temperaturasidan past 
temperaturada ishlov berish esa sovuqlayin bosim bilan ishlash deb ataladi.
Metallarni bosim bilan ishlashda (bolg’alash, shtamplash va boshqalarda) 
rekristallanish temperaturasidan tashqari, deformatsiya, tezligini ham hisobga olish 
zarur. Deformatsiya tezligi kichik bo’lsa, rekristallanish minimal temperaturasidan 
yuqori barcha tempraturalarda metall rekristallanadi, deformatsiya tezligi katta 
bo’lganda esa rekristallanish oxiriga yetmay qolishi va ishlov berish vaqtida 
metallada bir qadar naklyop hosil bo’lishi mumkin. Temperaturaning ko’tarilishi 
bilan rekristallanish tezligi kuchli darajada ortadi.


148 
Metallni qizdirib ishlashda uning palastikligini oshirish va puxtalanishiga 
yo’l qo’ymaslik uchun metall rekristallanish temperaturasidan ancha yuqori 
tempraturagacha qizdiriladi. Puxtalangan (naklyoplangan) metall yoki qotishmani 
yumshatishda ham rekristallanish temperaturasidan ancha yuqori temperaturadan 
foydalaniladi, bunday qilinganda rekristallanish protseslari yetarli darajada tez 
boradi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin