D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


-rasm. Geliyning holat diagrammmasi



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

6.1-rasm. Geliyning holat diagrammmasi. 
1-egri chiziq bug’ hosil bo’lish egri chizig’idir. 2-egri chiziq esa NM-
nuqtalar chizig’idir. Bu chiziq He I-Не II o’tishda bosim ortganida 
temperaturaning qanday o’zgarishini ko’rsatadi. Nihoyat 3-egri chiziq - erish egri 
chizig’idir. Bu barcha egri chiziqlar diagrammani to’rt qismga: gazsimon geliyning 
mavjudlik sohasi, suyuq He I sohasi, suyuq He II va nihoyat geliy sohalariga 
bo’ladi. Diagrammadan suyuq He II ning sohasi absolut nolgacha borishi ko’rinib 
turibdi. Bu absolut nolda geliyning barqaror holati suyuq holat ekanini ko’rsatadi. 
Qattiq geliy esa, diagrammadan ko’rinib turganidek, faqat katta bosim ostida hosil 
qilinishi mumkin, hatto absolut nolda ham bu bosim 25 atm dan kam bo’lmasligi 
kerak. Bunda temperatura qancha yuqori bo’lsa, geliyning kristallanishi uchun 
shuncha katta bosim kerak bo’ladi. Masalan, 50 К da geliy 7000 atm da. 


140 
Erish egri chizig’i qattik geliyning suyuq He I (N-nuqtalar chizig’idan 
o’ngda) va suyuq He II (chiziqd an chapda) bilan muvozanat egri chizig’idir. Bug’ 
hosil bo’lish egri chizig’i ham gazsimon geliyning bu chiziqdan chap va o’ng 
tomondagi suyuq geliyning mos fazalari bilan muvozanat egri chizig’idir. Biroq
nuqtalar egri chizig’i har ikkala suyuq faza uchun muvozanat egri chizig’i bo’la 
olmaydi. Geliy holat diagrammasining eng qiziq xususiyati qattiq va gazsimon 
fazalar orasida muvozanat chizig’ini yo’qligidir. Bundan har qanday sharoitda ham 
qattiq geliy o’zining bug’lari bilan muvozanat bo’la olmaydi degan ma’no kelib 
chiqadi. Qattiq geliy ustida faqat suyuq He I va He II bo’lishi kerak, biroq 
gazsimon geliy bo’la olmaydi. Demak, geliy haydash mumkin bo’lmagan modda 
ekan. 
Geliyning bu barcha xususiyatlari, jumladan uning absolut nolda ham suyuq 
holda qolishi, faqat kvant nazariyasi asosida tushuntirilishi mumkin; geliy kvant 
mexanikasi nazariyasidan kelib chiqadigan effektlar makroskopik xossalarda 
namoyon bo’ladigan tabiatdagi yagona moddadir. 
Gap shundaki, kvant nazariyasiga, ko’ra, absolut nolda zarralarning 
energiyasi nolga teng emas, holbuki moddaning klassik kinetik nazariyasiga ko’ra 
u nolga teng. Absolut nolda zarralar nolinchi energiyaga ega bo’ladi, bu energiya 
atomlarning massasi qancha kichik bo’lsa, shuncha kichik bo’ladi. Shuning uchun 
nolinchi energiyaga ega bo’ladi. Ikkinchi tomondan, geliy atomlarining tuzilish 
xususiyatlariga ko’ra geliy atomlari orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari (boshqa inert 
gazlardagi singari) juda kichik. Shuning uchun, atomlar orasidagi kichik o’zaro 
ta’sir kuchlarida nolinchi energiya geliy atomlarining muntazam tartibda 
joylashishiga, ya’ni kristall panjara hosil qilishiga to’sqinlik qilish uchun yetarli 
bo’ladi. Faqat tashqi bosim ta’siridagina atomlarni ular kristall hosil qiladigan 
darajada yaqinlashtirish mumkin bo’ladi. 
Geliyning o’ziga xos xususiyati shundaki, past temperaturalarda uning 
tabiatini issiqlik harakatlari energiyasi emas, balki nolinchi energiya belgilaydi. 
Vodorod atomining massasi yana ham kichik bo’lgani uchun unda nolinchi 
energiya yana ham katta rol o’ynashi kerak. Haqiqatdan ham, vodorod 


141 
atomlarining 
nolinchi 
energiyasi 
geliynikidan 
katta. 
Biroq 
hozirgina 
ko’rganimizdek, nolinchi energiya bilan zarralarning o’zaro ta’sir energiyasi 
orasidagi nisbat hal qiluvchi rol o’ynaydi. Zarralaming o’zaro ta’sir energiyasi esa 
vodorod atomlarida geliy atomlaridan ko’ra ko’proq bo’ladi. Miqdoriy baholash 
shuni ko’rsatadiki, qattiq vodorodda nolinchi energiya to’la energiyaning yarmiga 
teng, geliy da esa uning ulushi 80 % ga yetadi. Geliyning suyulish 
temperaturasining 
past 
bo’lishi 
va 
odatdagi 
sharoitlarda 
uning 
kristallanmasligining sababi shu hol bilan tushuntiriladi. Nolinchi energiya 
geliyning yengil 
3
He izotopida yana ham katta rol o’ynaydi. Unda nolinchi 
energiya to’la energiyaning 95% ini tashkil qiladi. Shuning uchun 
3
He ning 
suyulish temperaturasi (normal bosimda) yana past bo’ladi (u 3,2 K ga teng
odatdagi geliyda esa 4,2 K ga teng zid). 
3
He ning kristallanishi uchun 
4
He ga 
qaraganda yana ham katta bosim kerak bo’ladi, absolut nolda bu bosim 29 atm. dan 
ortiq bo’ladi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin