O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Suv xo’jaligi bosh



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

3.3. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Suv xo’jaligi bosh 
boshqarmasining
vazifalari ùuquqlari va majburiyatlari 
1. Suv xo’jaligi bosh boshqarmasi (keyingi o’rinlarda matnda «Bosh boshkarma» deb 
ataladi) O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining tarkibiy bo’linmasi 
ùisoblanadi. Bosh boshqarmaga yer usti suvlaridan foydalanishni tartibga solish hamda 
respublika iqtisodiyoti va aholisini suv bilan ta’minlashga doir zarur tadbirlarni amalga 
oshirish yuklanadi. 
2. Bosh boshqarma o’z faoliyatida O’zbekistoi Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis 
qarorlariga, O’zbekistoi Rsspublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston 
Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi hay’ati qarorlariga va Vazirlik buyruqlariga va 
boshqa boshqarma nizomiga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 
Bosh boshqarma Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida hamda suv xo’jaligi 
tizimining boshqa korxonalari va birlashmalarida suv to’g’risidagi qonui xujjatlarining 
bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi, ularni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab 
chiqadi va ularni qurib chiqish uchui belgilangan tartibda kiritadi. 
3. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
suvdan foydalanishning bozor printsiplari va mexanizmlarini joriy etpsh asosida suv 
resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tashkil etish; 
suv xo’jaligida yagona texnika siyosatini o’tkazish, suvni tejovchi ilg’or 
texnologiyalarnn joriy etish;
iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o’z vaqtida ta’minlashni tashkil etish; 
irrigatsiya tizimlari va suv xo’jaligi inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash: 
irrigatsiya tizimlari havzalari bo’yicha suv resurslarini oqilona boshqarish ùamda uning 
tezkorligini oshirish: 
suv resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va hisobotini ta’minlash; 


67 
suv xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllarini 
rivojlantirnsh ishlarini muvofiqlashtirish va ular amalga oshirilishining monitoringini olib 
borish; 
«Suvdan foydalanish» bo’limi buyicha davlat suv kadastrini yuritish. 
4. Suv xo’jaligi bosh boshqarmasi o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi 
funktsiyalarni amalga oshiradi: . 
a) suv resurslarini boshqarish va ulardan kompleks foydalanish sohasida: 
suvdan foydalanish prognozlari umumlashtirilishini, suv resurslari balansi ishlab 
chiqilishini, yer usti suv manbalaridan suv olish limitlari va Havza irrigatsiya tizimlari, 
iktisodiyot tarmoqlari va ayrim alohida muhim suv xo’jaligi ob’ektlarining suv olish limitlari
belgilanishini ta’minlaydi;
respublika hududida havza printsipi bo’yicha yer usti suv resurslarini oqilona 
boshqarishni suvdan foydalanishda bozor printsiplari va mexanizmlari joriy etilishini 
ta’minlaydi; 
suvdan foydalanish bo’limi bo’yicha davlat suv kadastri yuritilishini ta’minlaydi; 
O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatini muhofaza qilish qo’mitasi, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda suz xo’jaligi 
ob’sktlarining qirg’oqbo’yi polosalari va suvni muhofaza qilish zonalari aniqlanishini 
taminlaydi, daryolar va boshqa suv ob’ektlarining qirg’oq bo’yi polosalari va suvni muhofaza 
qilish zonalarini belgilashda qatnashadi; 
suv haqidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish tashkil etilishini, 
shuningdek uning talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar belgilangan tartibda 
javobgarlikka tortilishini ta’minlaydi; 
suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalari ishlab chiqilishi 
melioratsiya va suv xo’jaligi rivojlantirilishini ta’minlaydi; 
suv resurslarining mavjudligi to’g’risila xulosalar hamda suv resurslaridai foydalanish 
va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bog’liq yangi korxonalar qurish va ishlayotgan 
korxonalarni rekonstruktsiya qilish loyihalari buyicha majburiy kuchga ega bo’lgan xulosalar 
berilishini ta’minlaydi; 
suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomalar berishni va suv chiqarish inshootlarini 
ro’yxatga olishni hamda idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha 


68 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan barcha suv manbalaridagi suv resurslaridan 
foydalanishni hisobga olishni ta’minlaydi; 
suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va ularning boshqa birlashmalarini tashkil etish va 
rivojlantirishda, xo’jalik ichki suv hisobini tashkil etishda metodik va amaliy yordam 
ko’rsatadi 
suv resurslarini tartibga solish va ulardan foydalanish suv xo’jaligini va yerlarni 
melioratsiyalash bo’yicha davlatlararo masalalarni muhokama qilish va hal etishda respublika 
nomidan ishtirok etadi. 
b) suv xo’jaligi obektlaridan foydalanish sohasida: 
suv xo’jaligi korxonalari va tashkilotlari balansidagi suv xo’jaligi ob’ektlari kompleksi 
(suv omborlari, irrigatsiya-melioratsiya tizimlari va inshootlari, nasos stantsiyalari, quduqlar, 
elektr uzatish liniyalari, aloqa liniyalari va yordamchi transformator stantsiyalari va boshqa 
ob’ektlar) ta’mirlanishi, ulardan ishonchli foydalanilishi va takomillashtirilishi tashkil 
etilishini, avtomatika va telemexanikaning yangi vositalari va boshqa asbob-uskunalar va 
texnologiyalar takomillashtirilishi va joriy etilishi, suvni hisobga olish vositalarini metrologik 
taminlash ishlari amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi; 
sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlarining amalga 
oshirilishini ta’minlaydi; 
sug’oriladigan yerlarning meliorativ holati xar yili hisobga olinishi va monitoringi olib 
borilishini, meliorativ kadastr tuzilishini, yangi yerlarni o’zlashtirish va ilgaridan sug’orib 
kelingan yerlarni rekonstruktsiya qilish, kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta barpo 
etish samaradorligi baholab borilishini tashkil etadi; 
melioratsiya tizimlarini pasportlashtirib, davlat suv kadastrini yuritish va shu asosda 
melioratsiya tiznmlarining texnik darajasini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish ishlarini 
tashkil etadi; 
irrigatsiya-melioratsiya tizimlari va inshootlaridan foydalanishni takomillashtirish 
buyicha zarur tadbirlarning ishlab chiqilishini, qishloq xo’jaligi yerlarining sho’rlanishi va 
botqoqlanishining oldini olish tadbirlari bajarilishini tashkil etadi; 
suv, energetika resurslari va boshqa moddiy-texnika resurslarini tejash choralari 
ko’rilishini tashkil etadi; 
v) kapital qurilish sohasida samarali investitsiya siyosatini o’tkazadi hamda tarmoqni 
ishlab chiqarish jihatidan va ijtimoiy rivojlantirish uchun markazlashtirilgan kapital


69 
qo’yilmalar hamda korxonalarning o’z mablag’larini maqbul ravishda uyg’unlashtirishni 
ta’minlaydi; 
gidromeliorativ tizimlarni rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, 
ilgaridan haydab kelingan yerlar sifatini yaxshilash hamda yangi yerlarni ichki kontur bo’yicha 
o’zlashtirish, texnik jihatdan mukammal meliorativ tizimlarni va inshootlarni, ilg’or qurilish 
texnologiyalarini, yangi qurilish materiallarini, asbob-anjomlarni joriy etish ishlarini tashkil 
etadi; 
suv xo’jaligi, sanoat-xo’jalik maqsadidagi ob’ektlar qurilishi, ularni texnika bilan qayta 
jihozlash, rekonstruktsiya qilish va ulardan foydalanish bilan bog’liq loyiha-qidiruv va ilmiy-
tadqiqot ishlarini tashkil etadi; 
respublika hududidagi, mansubligi va mablag’ bilan ta’minlash manbalaridan qat’i 
nazar, barcha suv xo’jaligi ob’ektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o’tkazilishini, 
shuningdek mamlakatimizning respublika, chegarasidan tashqaridagi suv xo’jaligi 
ob’ektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o’tkazilishini tashkil etadi; 
Suv xo’jaligi bosh boshqarmasi tizimiga kiruvchi pudrat, loyiha-qidiruv, sanoat hamda 
boshqa korxonalar va tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi; 
ob’ektlar qurilishi normativ muddatlarda prognozlashtirilishini va ularning tashkil
etilishini, kapital quyilmalardan oqilona foydalanilishini va ular samaradorligini 
oshirilishini, qurilish qiymati pasaytirilishini, ishlab chikarnsh quvvatlari va asosiy fondlar o’z 
vaqtida ishga tushirilishi va o’zlashtirilishini ta’minlaydi; 
g) tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida: 
melioratsiya va suv xo’jaligini rivojlantirishga, melioratsiya, qurilish, yer qazish 
texnikasi va boshqa texnika, asbob-uskunalar, materiallar, buyumlar va iste’mol tovarlari ishlab 
chiqarish bo’yicha qo’shma korxonalar tashkil etishga chet el investitsiyalari jalb etilishini 
tashkil etadi, Vazirlik mutaxassislarining chet elda ishlashini tashkil etadi; 
shartnoma asosida chet elda suv xujaligi ishlari bajarilishini tashkil etadi; 
respublikada suv xo’jaligi va melioratsiya sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik 
qilish halqaro bitimlari, dasturlari doirasida O’zbekiston tomoni majburiyatlarini bajarish 
bilan bog’liq halqaro tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil qiladi, xorijiy sheriklar bilan
suv muammolari bo’yicha muzokaralarda qatnashadi; 
d) kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasinn oshirish sohasida: 


70 
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo’linmalari bilan birgalikda tasarrufidagi korxonalar 
va tashkilotlarni malakali kadrlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va 
amalga oshiradi: 
kadrlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etadi. 
5. Bosh boshqarma o’z boshlig’i orqali Markaziy Osiyo suv xo’jaligi davlatlararo 
muvofiqlashtirish komissiyasining a’zosi hisoblanadi hamda Irrigatsiya va drenaj bo’yicha 
halqaro komissiyada va suv xo’jaligi masalalari buyicha boshqa halqaro tashkilotlarda 
Respublika manfaatlarini ifodalaydi. 
6. O’zbekiston Rsespublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi markaziy apparati 
tuzilmasida yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar 
unumdorligini oshirish muammolarini hal etish kengashi tashkil etiladi 
Kengashining ishchi organi funktsiyasi Suv xo’jaligini rivojlantirish va suvdan 
foydalanishda bozor printsiplarini joriy etish boshqarmasiga yuklanadi. 
7. Bosh boshqarmaga Qishloq va suv xo’jaligi vazirining birinchi o’rinbosari 
hisoblanadigan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga 
tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. 
Bosh boshqarma boshlig’i ayni vaqtda Irrigatsiya va drenaj bo’yicha respublika 
qo’mitasi raisi, Markaziy Osiyo suv xo’jaligi davlatlararo muvofiqlashtirish komissiyasining 
a’zosi hisoblanadi. 
Bosh boshqarma boshlig’i o’rinbosarlari ijtimoiy va maishiy xizmat ko’rsatish darajasi 
bo’yicha vazir o’rinbosariga tenglashtiriladi hamda Qishloq va suv xo’jalik vazirining buyrug’i 
bilan lavozimga tayinlanadi. 
8 Suv xo’jaligi tpzimlaridan foydalanish, yerlar melioratsiyasi, irrigatsiya-melioratsiya 
qurilishi masalalari, Bosh boshqarma faoliyatining boshqa muhim yo’nalishlari Qishloq va suv 
xo’jaligi vazirligi hay’ati majlislarida muntazam ravishda ko’rib chiqiladi.
9. Bosh boshqarma davlat byudjeti mablag’lari, shuningdek qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ta’minlanadi. 
10. Bosh boshqarma faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’xtatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin